1 yanvardan Xorazmda transport vositalarini texnik körikdan ötkaziş tadbirkorlik sub'yektlariga topşirildi. Natijada majburiy texnik körikdan ötkaziş uçun tölanadigan pul miqdori qariyb uç barobar oşgan.

Hammasi nimadan boşlandi?
2017 yil 22 dekabrda Vazirlar Mahkamasining «Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 1010-sonli qarori qabul qilingandi.
Qarorning 2-bandiga köra, 2021 yil 1 yanvardan boşlab jismoniy şaxslarga tegişli yengil avtotransport vositalari tadbirkorlik sub'yektlari – yuridik şaxslar tomonidan majburiy texnik körikdan ötkazilişi belgilangan.
Qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida 2021 yil 1 yanvardan Xorazm viloyatining barça şahar va tumanlarida YHXB organlari tomonidan transport vositalarini texnik körikdan ötkaziş töxtatildi. Haydovçilarga esa texnik körik faqat tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ötkazilişi haqida körsatma berilmoqda. Xorazm viloyati YHXB texnik nazorat bölimi bergan ma'lumotga köra, bu haqda vazirlikning içki buyruği bor.

Bu qanday oqibatlarga olib keldi?
Birinçi navbatda texnik körikdan ötiş narxi keskin oşdi. Misol uçun, qonunçilikda DYHXX (Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati) organlari tomonidan texnik körik xizmati uçun olinadigan qiymat 22,3 ming söm qilib belgilangan. Xorazm viloyatidagi tadbirkorlik sub'yektlari esa texnik körikdan ötkaziş qiymatini 60-65 ming söm miqdorida belgilagan, ya'ni narx qariyb 3 barobar oşdi.

Texnik körikdan ötkaziş faqat tadbirkorlik sub'yektlariga yuklatilganmi?
Yöq. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-sonli qarori




















