«Barselona» jamoa hujumçisi Lionel Messi bilan tuzilgan şartnomaning suratlari tarqalib ketgaç, bu borada munosabat bildirdi. Bayonot klub rasmiy saytida e'lon qilindi. Oldinroq El Mundo gazetasida Messi klub bilan imzolangan 2017 yildagi şartnomaga köra 4 yil davomida 555 million yevro maoş olişi haqida yozilgandi.
«El Mundo gazetasida e'lon qilingan ma'lumot tarqalib ketganidan klub afsusda ekanini ma'lum qilamiz. Çunki bu ikki tomon örtasida tuzilgan yopiq şartnoma hisoblanadi. «Barselona» bu ma'lumot tarqalişida aloqasi borligini rad etib, El Mundo gazetasiga qarşi sud tartibida harakatni boşlaydi.
«Barselona» Messini har qanday holatda qöllab-quvvatlaydi. Lionel klubda öynab, futbol tarixidagi eng yaxşi futbolçiga aylandi va biz uning imijiga salbiy ta'sir qilişlariga yöl qöymaymiz», deyiladi klub rasmiy saytida.












