“Odamlar oddiy yeçimlarni izlaşi katta çaqiriqdir. Ularda bu pandemiya ortida kimdir turmaganmikin, degan savol tuğiladi”, deb aytgan Geyts.
Tadbirkorning ta'kidlaşiça, uning jamğarmasi avval ham odamlar tomonidan vaksinaga işonçsizlik bildirilişi holatiga duç kelgan.
“Poliomiyelitga qarşi kuraş vaqtida Pokiston yoki Nigeriya kabi davlatlarda vaksina xavfsiz emasligi va ayollarda bepuştlikka olib kelişi haqida gaplar yurgandi”, deb qöşimça qilgan Geyts.
Milliarderning ta'kidlaşiça, bunday xato qaraşlarga qarşi kuraşiş uçun nufuzli odamlar, jamiyatning katta obröga ega vakillari yoki diniy yetakçilarga murojaat qiliş lozim. Ulargina vaksinaning ustunliklarini aholiga tuşuntira olişlari mumkin.
Koronavirus pandemiyasi boşidanoq ijtimoiy tarmoq va internetda Geytsning pandemiyaga aloqadorligi haqida gaplar urçigandi. Ba'zi portallar va internet-foydalanuvçilar milliarder göyoki Yer aholisi ortidan global kuzatuv olib boriş maqsadida emlaş orqali odamlarni çiplayotgani haqida yozişgan. Geyts bu farazlar javob berib ötirişga arzimaydigan “ahmoqona” miş-mişlar ekanini aytgan.













