Joriy yilning 26-30 yanvar kunlari Duşanbe şahrida Özbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari işçi guruhlarining Özbekiston-Tojikiston davlat çegarasini demarkatsiya qiliş böyiça muzokaralari bölib ötdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Muzokaralar davomida tomonlarning har oydagi uçraşuvlarini ötkaziş nazarda tutilgan 2021 yilgi tadbirlar jadvali kelişib olindi.
Uçraşuv doirasida qöşma dala işlarini ötkaziş sanalari va joylari töğrisida kelişuvga erişildi, şuningdek, davlatlararo çegarani demarkatsiya qilişning boşqa masalalari ham körib çiqildi.
Muzokaralar yakuni böyiça tegişli bayonnoma imzolandi.
Özbekiston va Tojikiston davlat çegarasining uzunligi 1,33 ming kilometrdan oşadi. Sovet ittifoqi parçalanganidan keyin özbek-tojik davlat çegarasining 20 foizga yaqin qismi belgilanmasdan qolib ketgandi.












