Tixanovskaya uşbu taşabbus uçun Nausedaga minnatdorlik bildirgan va u bilan birga bu mukofotni olişga butun Belarus xalqi ilgari surilişini qöşimça qilgan. U tvitterdagi sahifasida bu taşabbusni “Belarus bilan birdamlikning buyuk ifodasi” deb atagan. 

Tixanovskaya Belarusda 2020 yil avgustda ötgan prezident saylovlarida amaldagi prezident Aleksandr Lukaşenkoga raqobatçi bölgan va 10 foizdan köproq ovoz töplab, 2-örinni egallagan. Saylovlardan keyin Belarusda uning natijalariga qarşi norozilik namoyişlari avj olgan.

Yevropa ittifoqining bir qator davlatlari Tixanovskayani Belarus muxolifatining yetakçisi deb tan oladi.

AFP axborot agentligining ma'lum qilişiça, Nobel mukofotiga Belarus muxolifatining barça yetakçilari – Tixanovskaya, Mariya Kolesnikova va Veronika Tsepkalo nomzodlikka ilgari surilgan.

Avvalroq Tixanovskaya va Belarus muxolifatining bir qator boşqa vakillariga Yevropa parlamentining “Fikr erkinligi uçun” deb nomlangan mukofoti berilgan.

2021 yilda tinçlik böyiça Nobel mukofotini olişga Black Lives Matter (Qora tanlilar hayoti muhim) harakati ham da'vogarlik qilmoqda.

Tinçlik böyiça Nobel mukofotiga nomzodlarni ilgari suriş böyiça arizalar yanvar oxirigiça qabul qilinadi. Söngra mukofot taşkiliy qömitasi uşbu mukofotga da'vogarlarning qisqa röyxatini ma'lum qiladi. Uşbu mukofot egasi esa noyabrda ma'lum böladi. 2020 yilda uşbu mukofotga BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi sazovor bölgandi.