Virusning "britança" ştammi Vetnamning 10 provinsiyasi va şaharlarida koronavirus tarqalişi avj olişiga sabab böldi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Nguyen Txan Long ma'lum qildi.

 "Genetik tadqiqotlar 276 bemorning 12 nafari Birlaşgan Qirollikda aniqlangan ştamm bilan zararlanganini körsatdi, kasallik manbai noma'lum bölib qolmoqda", - deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Singapurning Channel News Asia telekanali.

 Vazirning qayd etişiça, Hayziong provinsiyasida virus aniqlanganidan olti kun ötib kasallik öçoğini nazoratga olişga muvaffaq bölingan, ammo 20ta holat qayd etilgan Hanoyda vaziyat iziga tuşişi uçun köproq vaqt talab qilinadi. U Hanoyda kuniga 40 mingtagaça test oliş rejalaştirilganini aytdi.

Channel News Asia telekanalining eslatişiça, ommaviy test va qat'iy karantin çoralari tufayli Vetnamda kasallik yuqtiriş bilan boğliq atigi 1851ta holat va 35ta ölim qayd etilgan.

Ötgan haftada mamlakat hukumati AstraZeneca kompaniyasi vaksinasidan foydalanişni ma'qulladi. Avvalroq hukumat 30 mln doza vaksina sotib oliş böyiça muzokara olib borilayotganini ma'lum qilgandi.