Rossiya Vetnamga mahalliy aviakompaniyalar samolyotlarini “höl” lizing asosida Rossiya taşuvçilariga beriş taklifini yubordi. Bu haqda Rossiya transport vaziri Andrey Nikitin 9-sentabr kuni Moskvada ötkazilgan Rossiya–Vetnam muzokaralaridan keyin maʼlum qildi.
“Höl” lizingda samolyot nafaqat ijaraga beriladi, balki uning ekipaji, texnik xizmat körsatilişi va boşqa operatsion xizmatlar ham ijara beruvçi tomon zimmasida qoladi.
Nikitinning aytişiça, Rossiya tomoni tegişli takliflarni Vetnamga taqdim etgan va hozir ular körib çiqilmoqda.
Rossiya transport vaziri ikki mamlakat örtasidagi sayyohlar oqimi sezilarli ösganini taʼkidladi. Uning maʼlumotiga köra, 2026-yilda Rossiya va Vetnamga örtasidagi aviaqatnovlar körsatkiçi 2025-yilga nisbatan qariyb uç baravar oşgan.
Moskva Vetnam aviakompaniyalaridan samolyotlarni “höl” lizingga oliş ikki davlat örtasidagi aviaqatnovlar sonini yanada köpaytiriş imkonini beradi, deb hisoblamoqda.
Rossiya avval ham xorijiy samolyotlarni şu tartibda ijaraga oliş böyiça boşqa davlatlar bilan muzokaralar ötkazgan. Ular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, Qatar, Kuvayt va Efiopiya bor.
2025-yil yozida Efiopiya Rossiyaning taklifini rad etgan edi. Mamlakat rasmiylari Ethiopian Airlines samolyotlarini ijaraga beriş böyiça qaror qabul qiliş vakolatiga ega emasligini bildirgan. Şuningdek, AQŞning ehtimoliy ikkilamçi sanksiyalari bilan boğliq xavflar ham qayd etilgan.
Hozirga qadar Rossiya aviakompaniyalarining xorijiy taşuvçilar bilan “höl” lizing böyiça kelişuvga erişgani haqida xabar berilmagan.
Rossiya aviakompaniyalarining qöşimça samolyotlarga ehtiyoji Boeing va Airbus laynerlarini xarid qiliş hamda taʼmirlaşdagi qiyinçiliklar fonida ortib bormoqda. Bu ikki işlab çiqaruvçi samolyotlari Rossiya fuqarolik aviatsiya parkining qariyb uçdan ikki qismini taşkil etadi va yölovçi taşişlarning 90 foiziga xizmat qiladi.
“Kommersant” hisob-kitobiga köra, yozda Rossiyaning 11 ta yirik aviakompaniyasidagi 673 ta samolyotdan 130 tasi parvozlarni amalga oşirmagan. Bu parkning qariyb beşdan bir qismiga teng.
2025-yil aprelida Rossiya prezidenti Vladimir Putin mahalliy aviakompaniyalarga xorijiy samolyotlarni “höl” lizing asosida ijaraga olişga ruxsat bergan edi.

















