2020/21 öquv yilidan respublikadagi 46ta davlat OTMlarida kredit-modul tizimi joriy etila boşlandi. Bosqiçma-bosqiç barça OTMlar şu tizimga ötadi.
Yangi tizimga oid tuşunmovçiliklarga Oliy va örta maxsus ta'limi vazirligi boş boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov izoh berdi.
«Hozir 1-kurslarda joriy etildi. Töğri, köpgina savollar, tuşunmovçiliklar bölyapti. Kamida 3ta kurs töliq mana şu kredit-modul tizimiga ötganda OTMning 80–90 foizi bu jarayonga moslaşadi. Ya'ni biz 3 yildan keyin töliq kredit-modulga moslaşib olamiz.
Çunki hozir 4ta kursdan 2tasi baholaşda, yuqori kursimiz reyting tizimi va 1-kursimiz kredit-modul tizimida öqitilyapti», – dedi Abduvali Xoliqov 1 fevral kungi brifingda.
Ma'lum qilinişiça, kredit-modul tizimiga ötganda, barça jarayonlar elektron holatga keltiriladi. Ya'ni elektron universitet yaratiladi. Qoğoz körinişidagi reyting daftarçasi va talabalarning qayd varaqasi, jurnallar, öqituvçilar iş rejasi – hammasi bekor qilinadi.
Abduvali Xoliqovga köra, elektron tizimda belgilangan muddat ötgaç, bahoni özgartirişga öqituvçida imkoniyat qolmaydi. Baho qandaydir sabab bilan özgartirilsa ham, uni kim, qaçon va qanday özgartirgani tegişli dasturda körinib turadi.











