Memorandumga köra, Artel kompaniyalar guruhi hamkorlik doirasida «Khan academy Uzbek» platformasini rivojlantirişga 4 mlrd sömdan kam bölmagan miqdorda mablağ ajratadi.

Alohida aytiş lozimki, uşbu loyiha yurtimiz örta maktablarida ham, oliy ta'lim muassasalarida ham talabalarning bilim darajasini oşiriş uçun qöşimça va kömakçi manba bölib xizmat qiladi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan töliq qöllab-quvvatlanib kelmoqda. Tadbirda vazirlik vakili ham qatnaşib, uşbu loyiha va uning ta'lim tizimidagi ahamiyati haqida öz fikrlarini bildirib ötdi.

Loyiha asosçisi Botir Orifjonovning ta'kidlaşiça, hozirda loyihaning 2-fazasini tayyorlaş işlari boşlanmoqda.

Şuningdek, Orifjonov ötgan yilda «Khan academy Uzbek» platformasi uçun ikkita loyihani amalga oşirişda homiylik körsatiş masalasida yordam sörab internet tarmoqlarida murojaat bilan çiqqanligini ham eslab ötdi. Şundan söng Artel kompaniyasi uşbu murojaatga birinçi bölib javob bergan xususiy taşkilot va loyiha ikkinçi bosqiçining boş homiysi böliş taşabbusini ilgari surgan.

Loyiha asosçisi Botir Orifjonovning ma'lum qilişiça, «Khan academy Uzbek» platformasini rivojlantirişning ikkinçi bosqiçida Artel kompaniyalar guruhi homiyligida quyidagilarni amalga oşiriş rejalaştirilgan:

  • Veb-platformaning (veb-sahifaning) asosiy funksiyalarini aniqlaş va rivojlantiriş;
  • Kontentni milliy örta va oliy ta'lim öquv darsliklariga moslaştiriş;
  • Mustaqil örganiş uçun metodik qöllanma va öquv darslarini tayyorlaş;
  • Örta va oliy ta'lim öqituvçilari uçun platformaning ta'lim resurslaridan özbek tilidagi qöşimça va kömakçi öquv kontenti sifatida foydalanişni rağbatlantiriş;
  • Milliy oliy ta'lim muassasalarining kiriş imtihonlariga tayyorgarlik köriş uçun platforma öquv resurslaridan foydalaniş metodikasini yaratiş;
  • Xorijiy oliy ta'lim muassasalarining kiriş imtihonlariga tayyorgarlik köriş uçun platforma öquv resurslaridan foydalaniş metodikasini yaratiş;
  • Boşqa öquv kontentini topiş va mahalliylaştiriş böyiça işlarni taşkil etiş.

Tadbirda Artel kompaniyalar guruhi boş direktori Qobil Toşmuhammedov ta'kidlaşiça, Artel tomonidan loyihaga nafaqat pul mablağlari, balki kompaniya tomonidan işlab çiqarilayotgan texnikalar bilan ham loyihada iştirok etayotganlar rağbatlantiriladi.

«Bugungi globallaşuv davrida yuqori intellektual salohiyatga ega, raqobatbardoş, yuqori malakali, mustaqil fikrlay oladigan barkamol avlodni kamol toptiriş yurtimiz ravnaqi uçun amalga oşirilişi lozim bölgan birinçi navbatdagi vazifalardan biri. Şu sababli Artel kompaniyalar guruhi yoşlarimizning bilim darajasini oşirişda qöşimça va kömakçi manba bölib xizmat qiluvçi «Khan academy Uzbek» platformasiga homiylik qilişni boşlagani tabiiydir. 

Aytiş lozimki, Artel kompaniyalar guruhi Özbekistonda bilim darajasini oşirişga yönaltirilgan loyihalarda yanada faol iştirok etişni rejalaştirgan. Çunki kompaniyamizda ham malakali, yetuk kadrlarga talab bor. Şu sababli biz loyihani nafaqat pul bilan, balki özimizda işlab çiqarilayotgan texnika va texnologiyalar bilan ham qöllab-quvvatlaşda davom etamiz», - deydi Artel kompaniyalar guruhi boş direktori Qobil Toşmuhammedov.

Reklama huquqi asosida