Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik işlarni taşkil etiş boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Jamşid Sultonov uşbu mavzudagi savolga quyidagiça javob berdi:
«Jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar muassasa hududida joylaşgan işlab çiqariş korxonasida yoki butunlay qöriqlanişi ta'minlanadigan boşqa obektlarda işlaşi mumkin.
Bizdan bu haqda juda köp marotaba «mahkumlar zaharli joylarda, zararli işlarda işlaydimi», deb söraşadi. Özbekistonda bugungi kunda zararli, zaharli joyda, kon şaroitida mahkumlarni işlatadigan jazoni ijro etiş muassasasining özi yöq.
Jazoni ijro etiş muassasalaridagi mahkumlar quriliş mahsulotlarini işlab çiqarişda, mebel yasaş va xalq iste'moli uçun tovarlar işlab çiqarişda band qilingan.
Bunday muassasalarga juda köp taşriflar qilingan. Xususan, 2020 yilda ombudsman 46 marotaba taşrif buyurdi. Taşriflar davomida ombudsman, nafaqat mahkumlarning yaşaş şaroiti va ovqatlarini, balki iş joylarini ham monitoringdan ötkazdi.
Işonç bilan aytişimiz mumkinki, Özbekistonda jazoni ijro etiş tizimida zararli faoliyat bilan şuğullanadigan mehnat turining özi mavjud emas», – deya Jamşid Sultonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.










