Toşkent şahar bojxonaçilari «Çuqursoy texnik idora» va «Çuqursoy» bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtda faoliyat yurituvçi jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan yuk konteynerini belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazdi.
Natijada, yuk-kuzatuv hujjatlarida körsatilmagan, 549 mln sömlik 277 472 dona xöjalik mollari hamda çetdan olib kiriş va sotiş taqiqlangan 1 mlrd 319 mln sömlik 132 000 dona lazerlar borligi aniqlandi.
Jami qiymati 1 mlrd 869 mln sömni taşkil etuvçi mazkur tovar moddiy boyliklari örnatilgan tartibda vaqtinça saqlovga olindi.
Ma'lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 fevraldagi 50-son qaroriga muvofiq, 2013 yil 1 martdan boşlab lazer nurli körsatkiçlar sifatida foydalaniladigan portativ lazerli nur tarqatkiçlarni Özbekistonga olib kiriş va sotiş taqiqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Salkam 1,4 milliard sömlik qinğirlik

Davlat bojxona qömitasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi boş boşqarmasi xodimlari tomonidan «Çuqursoy» taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga Farğona viloyatidagi MÇJlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan tovarlarni közdan keçiriş davomida navbatdagi bojxona qonunbuzilişi holati foş qilindi.
Ötkazilgan bojxona körigi davomida qiymati 525 mln 439 ming sömlik 1428 dona avtomobil şinalari hujjatlarda umuman körsatilmagani aniqlandi.
Şuningdek, Toşkent viloyatida faoliyat yurituvçi MÇJlardan birining nomiga ham hujjatlarda körsatilganidan ortiqça – 1178 dona şina keltirilgani ma'lum böldi.
Bojxona nazoratidan yaşirilgan mazkur tovarlar qiymati esa 433 mln 450 ming sömni taşkil qildi.
Ikkita qonunbuzarlik holatida aniqlangan avtomobil şinalarining umumiy qiymati salkam 1 mlrd sömni taşkil etmoqda.
Yana bir holatda, ötkazilgan tadbir davomida xorijdan temir yöl konteynerida Andijon viloyatidagi MÇJlardan birining nomiga keltirilgan tovarlar bilan ularga tegişli hujjatlarni taqqoslaş jarayonida asosli şubhalar yuzaga keldi.
Bojxona körigi davomida esa şubhalar öz tasdiğini topdi. Konteynerda yuk-kuzatuv hujjatlarida körsatilgan ayrim tovarlar örniga bojxona tölovlari yuqori bölgan va hujjatlarda körsatilmagan, umumiy qiymati 345 million sömlik 2,5 ming dona termos, 18 ming dona tibbiy buyumlar, şuningdek, quriliş materiallari va boşqa xöjalik mollari borligi ma'lum böldi.
Bojxona tölovlaridan böyin tovlagan uddaburon

Toşkent şahar bojxonaçilari 3ta yuk maşinasini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazişdi.
Natijada, mazkur transport vositalari «Tovarlar Özbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinişi paytigaça bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etiş tartibi töğrisida»gi Nizom talablariga zid ravişda ekologiya sertifikati olinmagan holda rasmiylaştirilgani hamda bojxona tölovlaridan berilgan imtiyozlar amal qiliş muddati tugagani sababli bojxona tölovlaridan 694 mln sömlik imtiyozlardan notöğri foydalangani aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona suriştiruvlari davom etmoqda.












