Fors körfazidagi qator mamlakatlar koronavirus bilan boğliq vaziyat sababli çeklov çoralarini kuçaytirmoqda, deb xabar berdi Associated Rress (AP) agentligi.

Saudiya Arabistonida töy va bazmlar ötkaziş taqiqlandi, savdo markazlari va sport zallari 10 kunga yopildi, restoranlarda ziyofatlar beriş man qilindi. Qirollik hukumati çeklov çoralari uzaytirilişi mumkinligini ma'lum qildi.

Saudiya Arabistonida koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 368 mingta holat qayd etilgan, 600dan ortiq kişi vafot etgan.

Kuvaytda 7 fevraldan boşlab xorij fuqarolari uçun çegaralar ikki haftaga yopiladi. Tijorat muassasalari iş vaqti çeklandi, sport zallari va soğlomlaştiriş klublari yopildi, 25 fevralda nişonlanadigan Kuvayt milliy kuniga bağişlangan bayram tadbirlari bekor qilindi. Mamlakatda kasallik yuqtiriş holatlari 166 mingdan oşgan, 950 bemor vafot etgan.

Qatar va Ummonda ham çeklov çoralari joriy etilmoqda.

Agentlikning qayd etişiça, aholining asosiy qismini yoşlar va migrant işçilar taşkil etuvçi bu mamlakatlarda koronavirusdan ölim körsatkiçi past. Ammo yangi yil bayramidan söng bu davlatlarda kasallik yuqtiriş holatlari oşgan.