Fors körfazi mamlakatlarida Vaşingtondan norozilik kuçaymoqda – ittifoqçilar Donald Tramp Eron bilan kelişa olmayotganidan xavotirda, deb yozmoqda The Washington Post mintaqadagi va ğarbdagi rasmiylarga tayanib.
WP manbalarining sözlariga köra, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvayt va Bahrayn endi Tramp ma’muriyati harakatlaridan «birdek ğazablanmoqda».
«Uruşni Tramp boşladi, tölovini esa biz qilyapmiz», – deya qayd etgan Fors körfazidagi mamlakatlardan biri rasmiysi. Uning sözlariga köra, AQŞga nisbatan ğazab 2026-yil fevralida Eron bilan uruş boşlanganidan buyon eng yuqori nuqtaga yetgan.
Kuçayib borayotgan norozilik ba’zi mamlakatlarni «hamkorlikning yangi variantlari»ni körib çiqişga va AQŞ harbiy bazalarini öz hududlarida joylaştiriş qançalik maqsadga muvofiq ekanini körib çiqişga undamoqda. Ammo hozirça Vaşington Fors körfazi mamlakatlari uçun xavfsizlik masalasida asosiy hamkor va asosiy qurol yetkazib beruvçi bölib qolmoqda, ularda esa real muqobil yöq, deb yozadi WP.
Fors körfazi mamlakatlaridan birining vakiliga köra, ular uçun yagona variant Vaşington bilan ittifoqlarini mustahkamlaşdir. «Biz nima qilsak ham, Qöşma Ştatlarga „yöq“ deya olmaymiz», – deydi u.
Biroq, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston ötgan hafta imzolagan kollektiv mudofaa şartnomasi AQŞ uçun signal böldi. Yevropalik yuqori martabali mulozimning sözlariga köra, bu uç davlat şu tariqa «xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlik munosabatlarini diversifikatsiya qilmoqçi».
Oq uy vakili Tramp Fors körfazidagi barça hamkorlar bilan «öta yaxşi» munosabatlarga egaligini aytdi. U «Eron öz terrorçilik harakatlari natijasida har qaçongidan ham köproq yakkalanib qolgani»ni ta’kidlagan.
Qatar va Bahraynda Amerikaning yirik bazalari mavjud. Sönggi oylar mobaynida ular bir neça marta Eron hujumlari uçun nişonga aylandi.
18-iyun kuni AQŞ va Eron harbiy harakatlarni 60 kunga töxtatiş va uruşni yakunlaş böyiça asosiy muzokaralarni boşlaşni nazarda tutuvçi özaro anglaşuv memorandumini imzolagandi. Biroq tez orada harbiy harakatlar qaytadan boşlanib ketdi va tomonlar bir-birini sulhni buzişda ayblab kelmoqda.
Tramp muntazam ravişda Eron bilan muzokaralarda oldinga siljiş borligini aytadi, ammo amalda rivojlaniş yöq. CNN öz manbalariga tayanib, Amerika harbiylari Eronga bosim ötkazişning yangi «kreativ» usullarini izlayotganini va bu sörov Trampning Islom Respublikasini kelişuvga majburlaş imkoniyatlari çeklanganini körsatişini yozgandi.














