2021 yil 1 iyunga qadar fuqarolarning doimiy yaşaş joyidan qat'iy nazar avtomototransport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş va ularga davlat raqami belgilarini beriş amaliyoti yölga qöyiladi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar berdi.
Bundan taşqari, haydovçilik guvohnomasini oliş uçun imtihon jarayonini jamoatçilik tomonidan, şu jumladan internet jahon axborot tarmoği orqali kuzatiş imkoni ham yaratiladi.
Avvalroq, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yöllarida orqaga qayrilib oliş joylari yer ostidan yoki yer ustidan ötkazilişi xabar qilingandi.
Ma'lum qilinişiça, örganiş natijasiga köra, lozim deb topilgan qayrilib oliş joylarini yer ostidan yoki yer ustidan ötkaziş böyiça taklif tayyorlaş va zaruriy çoralarni köriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borişi tizimidan bosqiçma-bosqiç voz keçiladi.
Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlaş qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borişini yölga qöyiş rejalaştirilgan.












