Olimpiada sovrindori bölgan özbekistonlik boksçi Malayziya terma jamoasini boşqaradi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilgan.

Qayd etilişiça, Sidney-2000 Olimpiya öyinlari sovrindori, Osiyo öyinlarining ikki karra çempioni Rustam Saidov boks böyiça Malayziya terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi. Murabbiy Malayziya boks federatsiyasi bilan rasman şartnoma imzolagani aytiladi.

Rustam Saidov 2011 yilda boksçilik faoliyatini yakunlagan va şundan söng murabbiylik faoliyatini boşlagan. Öz vaqtida Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi sifatida ham işlagan va qit'ada 2015 yilning eng yaxşi boks murabbiyi deb topilgan.