AQŞ prezidenti Jo Bayden ma'muriyati yadroviy kelişuvga qaytiş uçun qadam sifatida iqtisodiy sanksiyalarni saqlab qolgan holda Eronning moliyaviy ahvolini yengillaştiriş yöllarini körib çiqmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlik manbalarining ma'lumot berişiça, muhokama qilinayotgan yöllardan birida koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş uçun Eronga Xalqaro valuta jamğarmasi tomonidan qarz berilişi hamda mamlakatga xalqaro insonparvarlik yordami yetkazilişiga tösiq bölayotgan taqiqlarni yumşatişni közda tutilmoqda.
Ayrim ma'lumotlarga köra, Oq uyning yangi rahbari avvalgi prezident Donald Trampning Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqiş töğrisidagi farmonini bekor qilişi ham mumkin. Ammo Eronga nisbatan kiritilgan barça sanksiyalarni töliq bekor qiliş masalasi körib çiqilmayapti.
Avvalroq Oq uy AQŞning Eron bilan yadroviy kelişuvga qaytişi Tehronga boğliqligini ma'lum qilgandi.
2018 yilda öşa paytdagi AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatning Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuvdan çiqişi töğrisida qaror qabul qilgandi. Şundan keyin Vaşington Tehronga nisbatan sanksiyalarni qayta tiklagandi.
Yadroviy dastur böyiça kelişuv 2015 yilda Eron, BMT xavfsizlik kengaşining beş doimiy a'zosi va Germaniya iştirokida imzolangan.











