6 fevral kuni Namanganga Panjob viloyati gubernatori Muhammad Sarvar boşçiligidagi Pokiston delegatsiyasi taşrif buyurdi.
Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov delegatsiyani gullar şahrida körib turganidan mamnunligini aytib, bu taşrif Namangan delegatsiyasining 2019 yilda Pokistonga qilgan safariga amaliy javob bölganini qayd etdi.
Uçraşuv yakunida Namangan viloyati hokimligi va Panjob viloyati hukumati örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va turizm sohalaridagi özaro hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi.

Mintaqalararo hamkorlikning amaliy ramzi sifatida Namangan şahridagi «Uç favvora» xiyobonida monument örnatilib, Pokiston Islom Respublikasining davlat bayroği kötarildi.
Namangan va Panjob viloyatlari «Birodarlaşgan hududlar» deya e'lon qilindi.


Şu kuni Pokiston delegatsiyasi Namangan viloyatidagi bir neçta sanoat obektlari bilan tanişdi, Çortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaroniy qadamjosini ziyorat qildi. Ular uçun Namangan şahridagi «Şerdor» majmuasida konsert dasturi namoyiş etildi.
7 fevral – taşrifning ikkinçi kunida esa «Şodiyona» tantanalar majmuasida Namangan–Panjob biznes-forumi va «Made in Namangan» körgazmasi bölib ötdi.













