Tibbiyot kollejlari va texnikumlar orasidagi farq nimada? Örta tibbiyot xodimlarini tayyorlaşda qanday xorij tajribasi, yangiça usullar qöllanmoqda? SSV Matbuot xizmatining uşbu savollariga Soğliqni saqlaş vazirligi Fan va ta'lim  boşqarmasi mas'ul xodimi Lutfi Yusupova javob berdi.

— Har yili tibbiyot kollejlarini minglab yoşlarimiz tamomlaydi. Masalan, ötgan 2019–2020 öquv yilida 31 ming nafar yoşlar tibbiyot kollejlarini tugatdi. Ammo şuni alohida qayd etiş kerakki, 11 yillik ta'lim tizimiga ötilişidan oldin kollejlarda öqiş majburiy körinişda edi. Qabul imtihonlari osonroq va talabga javob bermaydigan öquvçilarning öqişdan çetlatilişi kam kuzatilardi. 

Bu esa hamşiralar orasida yetarli bilim-könikmaga ega bölmagan kadrlar paydo bölişiga ham sabab böldi. Köpçilik bitiruvçilar öz mutaxassisligi böyiça işlamadi. Şu bois ham, endilikda tibbiyot ta'lim tizimi töliq isloh etilmoqda.  

—  Tibbiyot kollejlari faoliyati qay tarzda takomillaştirildi?

— Öqitiş davri ikki yil bölgan 11-sinfni tamomlagan yoşlarni qabul qiluvçi tibbiyot kollejlarida «Feldşer laborantlik işi», «Feldşer işi» hamda «Tibbiy-ijtimoiy iş» kabi yangi yönalişlar oçildi. Xususan, oxirgi yönaliş bitiruvçilari patronaj hamşiralar hisoblanib, aholi orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiladi, nogiron va uyda yotib davolanayotganlar holidan xabar oladi.

Endilikda, tibbiyot kollejini tugatgan hamşiralar şunçaki şifokorlarning körsatmasini bajaruvçi emas, balki odamlarga töğri ovqatlaniş, jismoniy faollikka erişiş va boşqa masalalarda zarur tavsiyalarni bera oladigan mutaxassislar bölişadi. 

Şu bois ham, ular amaliyot darslarini qişloq va şahar oilaviy şifokorlik punktlarida ötaşi belgilandi. Şuningdek, tibbiyot kollejlarida ham talabalarning kontrakt va budjet şaklda öqitilişi muassasaga nisbatan aholining jiddiy munosabatini şakllantiriş bilan birga kollejlarda zamonaviy, innovatsion usullarda dars ötilişi uçun kerakli moddiy-texnik baza yaratilişiga asos böldi.

— Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining tibbiyot kollejlaridan farqi nimada?

— Tibbiyot texnikumlarida öqiş uç yil davom etib, 11-sinfni tamomlagan yoşlar qabul qilinadi. Uşbu muassasalarni tugatgan hamşiralar tibbiyot kollejini tamomlagan talabalardan ham malakaliroq va bilimliroq mutaxassis bölib şakllanadi. 

Tibbiyot texnikumlaridagi öquv jarayonlariga tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining yuqori malakali professor-öqituvçilari masofaviy ta'lim beriş uçun jalb qilinayotgani ham sözimizni isbotlaydi. 

Bundan taşqari, tibbiyot texnikumlarining öquv rejalari şu yönalişdagi oliy ta'lim muassasalarining öquv rejalari  bilan integratsiya qilingan. Şu bois, texnikumning namunali bitiruvçilari öz yönalişlari böyiça tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining 2-kursidan test sinovisiz suhbat asosida turdoş oliy ta'lim muassasasiga qabul qilinib, öqişni davom ettiriş huquqiga ham ega.

Bir söz bilan aytganda, tizim örta tibbiyot xodimlarining yanada malakali kadr bölişlariga xizmat qiladi. Bu öz navbatida, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatilişiga zamin yaratişi şubhasiz.