Vazirlar Mahkamasining “Mobil guruhlar bazasida maktabgaça ta'lim xizmatlarini körsatiş tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, maktabgaça ta'limning muqobil şakllari, jumladan zamonaviy talablarga javob beradigan avtobuslar bazasida mobil maktabgaça ta'lim guruhlarini taşkil etiş böyiça dastlabki loyihaning asosiy maqsadi - aholiga, asosan, bolalarni maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş darajasi past bölgan joylarda qulay maktabgaça ta'lim xizmatlarini körsatiş.
Tajriba-sinov doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda maktabgaça ta'lim xizmatlarini körsatiş böyiça mobil guruhlar bazasidagi 93ta guruhda 1 556 nafar bolaga maktabgaça ta'lim-tarbiya xizmatlari körsatilgan.
Bundan taşqari, 2020 yil oxiriga kelib respublikada bolalarni maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş 60,9 foizni taşkil etdi. Ayni vaqtda respublika böyiça maktabgaça ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalarning umumiy soni 1 093 240 nafarni taşkil etmoqda.
“Yuqoridagilardan kelib çiqib, şuningdek, dastlabki loyihani örganiş natijasida Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan hozirgi zamon talablariga javob beradigan avtobuslar negizida mobil guruhlar loyihasini kengaytiriş böyiça loyiha işlab çiqildi.
Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, mazkur mobil guruhlar maktabgaça ta'lim xizmatlari deyarli mavjud bölmagan olis hududlarda tegişli bir yönaliş böylab harakat qiladi.
Maktabgaça ta'lim jarayoni sifatini oşiriş maqsadida bitta avtobusda xizmat körsatiladigan bolalar öyin maydonçalari sonini 3tadan 2tagaça qisqartiriş zarur. Bu moliyaviy mablağlar sarfini kamaytirişga va yonilği xarajatlarini qisqartirişga olib keladi”, - deyiladi hujjatda.
Ta'kidlanişiça, uşbu loyiha qabul qilinişi olis hududda yaşab kelayotgan maktabgaça ta'lim yoşdagi 4 704 nafar bolalarni qöşimça ravişda maktabgaça ta'lim bilan qamrab olişga imkon beradi.
Loyiha bilan maktabgaça ta'lim mobil guruhlar faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanişi nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, Maktabgaça ta'lim vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyat hokimliklariga qayta jihozlangan avtobuslar negizida mobil guruhlar taşkil etiş, şuningdek, mobil guruhlar uçun yer uçastkalari, maydonlar ajratiş va tayyorlaş böyiça tegişli çoralar köriş vazifasi topşirilmoqda.
Qarorda Içki işlar vazirligiga davlat raqami belgilari bepul rasmiylaştirilişi, röyxatdan ötkazilişi, ajratilişini ta'minlaş, qayta jihozlangan avtobuslarni foydalanişga topşiriş bilan boğliq boşqa tartibni amalga oşiriş topşirilgan.
Bildirilişiça, uşbu qarorning qabul qilinişi maktabgaça ta'lim tizimini takomillaştirişga, maktabgaça ta'lim taşkilotlarining moddiy-texnik bazasini kengaytirişga, zamonaviy ta'lim dasturlari, pedagogik yondaşuvlar va texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etişga, teng ta'lim oliş imkoniyatlarini taqdim etadigan maktabgaça ta'limning muqobil şakllarini rivojlantirişga xizmat qiladi.












