Kun.uz 14 yanvar kuni Samarqand viloyati Iştixon tumani Başir qişloğidagi 73-maktab filiali boşlanğiç sinf öqituvçisi E'tibor Quvondiqova hayoti va faoliyati aks etgan maqola va videomaterial e'lon qilgan edi.
Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmatining e'tirof etişiça, unda oddiy qişloq öqituvçisining öy-xayollari Kun.uz jurnalisti Muhabbat Mamirova tomonidan mahorat bilan yoritilgan.
Şu boisdan vazirlik jurnalistni «Zamonamiz qahramonlari» loyihasi doirasida noutbuk bilan taqdirladi.

Material saytda 20 ming martadan ortiq körilib, 200 dan ortiq guruhlarga tarqatildi hamda bu guruhlarda mingdan ortiq izohlarga sabab bölgan. Aksariyat izoh yozuvçilar qişloq öqituvçisining faoliyatini iliq sözlar bilan ta'riflagan.
Tanlov davom etmoqda va unda har bir ijodkor «Zamonamiz qahramonlari»ni kaşf etib, sovrin sohibi bölişi mumkin.












