Adliya vazirligi xabariga köra, quyidagilar dastlabki identifikatsiyani bevosita amalga oşiruvçi vakolatli davlat organlari hisoblanadi:

  • Içki işlar vazirligi;
  • Boş prokuratura;
  • Davlat xavfsizlik xizmati;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tizimidagi taşkilotlar;
  • Taşqi işlar vazirligi, Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
  • Soğliqni saqlaş vazirligi.

Dastlabki identifikatsiya suhbat şaklida amalga oşiriladi va uni ötkaziş uçun şaxsdan rozilik oliş talab etiladi.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan şaxslarning quyidagi huquqlardan foydalanişi ta'minlanadi:

  • tibbiy yordam oliş;
  • psixologik yordam oliş;
  • huquqiy maslahat oliş;
  • vaqtinça yaşaş joyidan (boşpanadan) foydalaniş;
  • yaqin qarindoşlari bilan aloqa örnatiş;
  • tarjimon xizmatlaridan tekin foydalaniş.

Yakuniy identifikatsiya Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş böyiça hududiy komissiya tomonidan kollegial tarzda amalga oşiriladi, deyiladi xabarda.