Rasmiy relizga köra, Samarqand tumanida turistik markaz taşkil etilmoqda. Bu maskanda 8 ta mehmonxona, anjumanlar zali, restoranlar, boğ va sayilgohlar böladi.
Turistik markazni Samarqand xalqaro aeroporti, temir yöl vokzali, Imom Buxoriy maqbarasi, Registon maydoni va boşqa diqqatga sazovor joylar bilan boğlaydigan köçalar ta'mirlanmoqda. Şaharda 10 ta yangi mehmonxona qurilyapti.

Şavkat Mirziyoyev taqdimot bilan tanişib, transport, yöl va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş, Samarqand şahrini obodonlaştiriş, savdo va xizmatlarni kengaytiriş böyiça topşiriqlar berdi, deyiladi xabarda.


Eslatib ötamiz, prezident 9 fevral kuni içki va ziyorat turizmini rivojlantirişga oid farmon imzolagan edi.
Farmonga asosan:
- Özbekistonda qator bayramlarda işlanmaydigan kunlar kamida 3 kun deb belgilandi;
- Özbekiston fuqarolari ham mamlakat içida turistik yiğim tölaydigan böldi;
- Özbekiston içida yangi aviareyslar va poyezd qatnovlari yölga qöyiladi;
- Aviaparvozlarga ruxsat olişni soddalaştiriş, loukosterlarni jalb etiş rejalaştirilmoqda;
- «Imom Buxoriy» ziyorat turizmi yöldoş telekanali konsepsiyasi işlab çiqiladi;
- Turizm xizmati körsatuvçilarga imtiyoz va preferensiyalar 2021 yil oxirigaça uzaytirildi.












