Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi ma'lumotiga köra, 7 fevral kuni tumanning Mingtepa mahallasida yaşovçi 2001 yilda tuğilgan I.E. tez tibbiy yordam maşinasida tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelingan. Tibbiy tekşiruvlardan söng unga botulizm taşxisi qöyilgan.

Tibbiy suriştiruv davomida bemor qişloqdoşi A.T.ning xonadonida bir kun avval haşarda bölgan va uy şaroitida tayyorlangan konserva iste'mol qilgan. Tezkor tadbir davomida A.T., uning turmuş örtoği G.T., öğli Ş.T va qöşnisi B.B.lar şifoxonaga yotqizilgan.

Intensiv davo muolajalari hamda botulizmga qarşi zardob berilişiga qaramasdan, 20 yoşli I.E.ning ahvoli oğirlaşgan va 8 fevral kuni tungi soat 03:30da vafot etgan.

Ayni vaqtda qolgan bemorlar jonlantiriş bölimida statsionar şaroitda davolanmoqda. Ş.T.ning ahvoli oğirligiça qolmoqda. U sun'iy nafas oliş apparati yordamida muolaja olmoqda.

Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste'mol qiliş oqibatida zaharlanişning eng xavfli turi bölmiş botulizm bilan kasallaniş mumkinligidan ogohlantirdi.

Boşqarma bu kasallik bilan oğrigan bemorlarni uy şaroitida davolanmaslikka çaqirdi.