Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş vazirligi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari bilan birgalikda Nukus şahridagi uylardan biri qulab tuşgani haqidagi xabar böyiça örganiş işlari olib bordi.

Vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotlarga köra, köp qavatli binoning loyiha hujjatlari «Arx energo proyekt» MÇJ tomonidan işlab çiqilib, «Nukus Şaxzoda Afruz» MÇJ tomonidan qurilayotgan bölgan. Aniqlanişiça, öşa holatda Tatibayev köçasi böyida joylaşgan 5 qavatli turar joy binosining quriliş davrida Quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida imoratda olib borilayotgan quriliş-montaj işlari töxtatilib, turar joy binosining devorlari qayta tiklaş uçun buzilayotgan bölgan.

Avvalroq mahalliy naşrlarda Nukus şahri Tatibayev köçasi böyida joylaşgan köp qavatli turar joy binosining 3-4-qavatlari qulab tuşgani haqida xabar tarqalgandi.