Dubaydagi BAA futbol assotsiatsiyasi stadionida keçgan uçraşuv keskin kuraşlar ostida boşlanib, 12-daqiqadayoq raqib futbolçisi Temurxöja Abduxoliqovni yuziga urgani uçun maydondan çetlatildi. 

Vadim Abramov şogirdlari son jihatdan maydonda iordaniyaliklardan bir kişi köp bölişsa-da, birinçi bölim tengkuraşlar ostida keçib hisob oçilmadi.

Ikkinçi bölimda ham öyindagi vaziyat tezda özgarmadi. Nihoyat, Abramovning tarkibdagi özgarişi natija berdi. 69-daqiqada Hojimat Erkinov örniga Husniddin Ğofurov maydonga tuşgaç, u Oybek Bozorovning uzatmasidan keyin dastlabki urinişidayoq Iordaniya darvozasini işğol etdi – 1:0.

80-daqiqaga kelib yana öşa Oybek Bozorovning darvozabonni doğda qoldirib, jarima maydoni içida töpni Temurxöja Abduxoliqovga yetkazib berganidan keyin 11-raqamli futbolçi raqiblar darvozasini işğol etdi – 2:0.

Öyin oxirigaça yana bir qator golli vaziyatlar yaratilgan bölsa-da, örtoqlik uçraşuvi Özbekiston milliy jamoasining ikkita töp farqidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

15 fevral (duşanba)
Örtoqlik uçraşuvi. Dubay. BAA FA stadioni.
Özbekiston – Iordaniya – 2:0
Gol: Husniddin Ğofurov 71, Temurxöja Abduxoliqov, 80.
Özbekiston: Abduvohid Ne'matov, Hojiakbar Alijonov (Murod Xolmuhammedov, 46), Islom Töxtaxöjayev (Igor Golban, 84), Islom Qobilov, Ibrohimxalil Yöldoşev, Odil Hamrobekov, Sanjar Qodirqulov (Nurillo Töxtasinov, 86), Akmal Mozgavoy (Vagiz Galiulin, 46), Aziz Turğunboyev (Oybek Bozorov, 46), Hojimat Erkinov (Husniddin Ğofurov, 69), Temurxöja Abduxoliqov.
Zaxira: Botirali Ergaşev, Farrux Sayfiyev, Oybek Rustamov, Mirjahon Mirahmadov, Husniddin Aliqulov.
Çetlatiş: Iordaniyalik yarimhimoyaçi, 12.