Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratdagi baliq  Tinç, Atlantika va Hind okeanlarining issiq, örtaça issiq va mö'tadil suvlarida, asosan tropik mintaqada va Örta Yer dengizi havzasida, şuningdek, Şimoli-Şarqiy Atlantikada - Islandiya suv havzalarida va Şimoliy dengizda 500-700 metr, ba'zan 1000 metr çuqurliklarda uçraydi. Uning uzunligi 3 metrgaça boradi. Iste'mol qiladigan ozuqa turiga köra, kamarbaliği yirtqiç – planktofagadir: uning ozuqasida kiçik plankton qisqiçbaqasimonlar, mayda baliqlar va kalmarlar qayd etilgan. 

Seldlar bilan bitta törga tuşib qolişidan, bu baliqlarning seldlar bilan ham oziqlanişini körsatadi. Yelka suzgiçining uzunlaşgan tomonidan hosil bölgan boşining ustidagi «toj» tufayli bu baliq «Seldlar qiroli» degan nomni ham olgan, deyiladi Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi xabarida.