29-oktabrdan 30-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati özgarişi mumkin, deb xabar berdi Ekologiya qömitasi.

Prognozlarga köra, tungi va ertalabki soatlarda havo sifati «nosoğlom», milliy havo sifati indeksi böyiça «zarğaldoq» darajada bölişi mumkin.

Maʼlum qilinişiça, tunda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va kuçli harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi.

“Uşbu şaroitda kuçsiz şamol atmosferaga çiqarilayotgan qöşni hududlarda şakllangan va mahalliy taşlamalarning tarqalişini susaytirib, ularning yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolişiga şaroit yaratadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, havo massalarining şahar atrofida uzoq vaqt saqlanib qolişi mahalliy ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini yanada çeklaşi mumkin.

Kunduzi havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvi yaxşilanişi natijasida inversiya kuçsizlanib, havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda.

Avvalroq Özgidromet Toşkent şahrida atmosfera inversiyasi yana 10 kun davom etişi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.