19-sentabr soat 21:00 dan 20-sentabr soat 4:00 gaça Toşkentda havo sifati vaqtinça yomonlaşişi mumkin. Bu haqda Ekologiya qömitasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, şu vaqtda AQI (havo sifati) 101–150 - «sezgir guruhlar uçun zararli» darajaga çiqişi kutilmoqda. Ertalab soat 8:00–9:00 larda havo sifati «örtaça» darajaga qaytişi prognoz qilingan.
Xabarga köra, bir kun oldin keçqurun Toşkent havosida PM2.5 va ayniqsa PM10 zarraçalari miqdori keskin oşgan.
Avtomatik monitoring stansiyalariga köra, havodagi zarraçalar miqdori soat 18:00 dan keyin kötarila boşlagan va 21:00–23:00 oraliğida eng yuqori darajaga yetgan. Soat 22:00 da şahar böyiça PM2.5 örtaça 74,5 mkg/m³, PM10 esa 243,6 mkg/m³ ni taşkil etgan. Ayrim hududlarda PM10 miqdori 555,3 mkg/m³ gaça yetgan.
Mutaxassislar fikriça, PM10 miqdorining PM2.5 ga nisbatan ança yuqori bölişi havoda yirik çang zarraçalari köpayganini körsatadi.
Holatga, avvalo, uzoq davom etgan quruq ob-havo sabab tuproq va yöl yuzasidagi çangning havoga kötarilişi taʼsir qilgani taʼkidlanmoqda. Keçki va tungi vaqtda kuzatilgan harorat inversiyasi hamda havo almaşinuvining sustligi esa çang zarraçalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib qolişiga şaroit yaratgan.
Bundan taşqari, CAMS modeli Özbekistonning ğarbiy va şimoli-ğarbiy hududlarida PM10 miqdori yuqori bölgan çang massalarini qayd etgan. HYSPLIT modeli esa Toşkentga şimol, şimoli-şarq, ğarb va şimoli-ğarb tomondan havo oqimlari kirib kelganini körsatgan.
19-sentabrga ötar keçasi Mirzo Uluğbek tumanining uçta nuqtasida qöşimça ölçovlar ötkazilgan. Havodagi azot dioksidi, uglerod monoksidi, ammiak, ftor vodorodi, fenol va formaldegid kabi gazsimon ifloslantiruvçi moddalar konsentratsiyasi belgilangan meyorlardan oşmagan.
Soat 23:00 dan keyin PM2.5 va PM10 miqdori asta-sekin kamaya boşlagan. 19-sentabr soat 4:00 ga kelib ular şahar böyiça mos ravişda 22,4 va 61,9 mkg/m³ gaça tuşgan.
Maxsus komissiya holatni qisqa muddatli çang epizodi sifatida baholamoqda. Uning yuzaga kelişiga quruq ob-havo, mahalliy çangning kötarilişi, harorat inversiyasi va havo almaşinuvining sustligi sabab bölgan.











