Ekologiya qömitasi prognozlariga köra, keçki va tungi soatlarda havo sifati xalqaro AQI indeksi böyiça «noqulay», milliy indeks böyiça esa asosan «sariq» darajada böladi.
Bunga tungi soatlarda havo haroratining pasayişi va harorat inversiyasi sabab bölişi mumkin. Bu holat atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Kuçsiz şamol esa mahalliy va qöşni hududlardan keladigan ifloslantiruvçi moddalarning tarqalib ketişini sekinlaştiradi.
Kunduzi havo harorati kötarilib, vertikal havo almaşinuvi yaxşilanişi bilan inversiya kuçsizlanişi mumkin. Natijada havo sifati asta-sekin yaxşilanişi kutilmoqda.
















