22-sentabr soat 21:00 dan 23-sentabr soat 4:00 gaça Toşkentda harorat inversiyasi kutilmoqda. Bu esa havo sifatining yomonlaşişiga sabab bölişi mumkin, deb xabar berdi Ekologiya qömitasi.

photo_2026-09-22_19-15-06
Ekologiya qömitasi

Qayd qilinişiça, inversiya yer yuzasidagi havoning sovişi, yuqori qatlamlarda esa havoning iliqroq qolişi natijasida yuzaga keladi. Meteorologik prognozga köra, ayrim soatlarda şamol tezligi 0,5–1 m/s gaça pasayib, havoning vertikal aralaşuvi sekinlaşadi. Yoğingarçilik kutilmayotgani esa havodagi zarraçalarning tarqalib ketişiga tösqinlik qilişi mumkin.

Oqibatda PM2.5 va PM10 zarraçalari yerga yaqin havo qatlamida töplanişi uçun qulay şaroit yuzaga keladi.

Prognozlarga köra, poytaxtning aksariyat hududlarida soat 22:00 dan 1:00 gaça havo sifati (AQI) körsatkiçi böyiça «sezgir guruhlar uçun nosoğlom» darajagaça yomonlaşişi mumkin. Şu sababli, keçki vaqtda oçiq havoda uzoq vaqt qolmaslik tavsiya etiladi. Ertalab yer yuzasi isişi bilan inversiya zaiflaşib, havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda.

Ekologiya qömitasi Toşkentda havo sifatining yomonlaşişi haqida 19-sentabr kuni ham xabar bergan edi.