Markaziy bank 2021 yilning yanvar oyida respublikaga kelib tuşgan jismoniy şaxslarning xalqaro transçegaraviy pul ötkazmalari haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, ötgan oydagi xalqaro transçegaraviy pul ötkazmalari hajmi 427 million dollarni taşkil etgan. Bu miqdor 2020 yilning mos davriga nisbatan 27 million dollarga yoki 7 foizga oşganini körsatmoqda.
Çet elga yuborilgan transçegaraviy pul ötkazmalari miqdori esa 101 million dollarga yetdi. Natijada xalqaro transçegaraviy pul ötkazmalari böyiça ijobiy saldo 326 million dollarni taşkil etdi.
Yaqinda 2020 yilda Özbekistonga kelib tuşgan xalqaro transçegaraviy pul ötkazmalari hajmi 6,03 milliard dollarni taşkil etib, 2019 yilga nisbatan 17 million dollarga yoki 0,3 foizga oşgani xabar qilingandi.










