UZEX birja boş makleri Mansur Töyçiyev tovar-xomaşyo birjasidagi ayrim mahsulotlar, xususan, paxta, polietilen, şrot va şeluxa narxlari oşayotgani böyiça izoh berdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tovar mahsulotlarining narxida kuzatilayotgan ösişga mavsumiy omillar ta'sir qilyapti.
«Narxlar ösişini polietilen misolida oladigan bölsak, uning aynan oxirgi savdolarida narxi keskin oşib bordi. Bunga sabab import qilinayotgan polietilenning narxi oşganida. Şu bilan birga, yilning boşida uşbu mahsulotga 20 foiz miqdorida aksiz soliği örnatildi. Bundan taşqari, mavsumiylik faktori ham bor, ya'ni tovarga bölgan talab aynan şu kunlarda ortyapti», – dedi u.
Şuningdek, polietilen narxlaridagi asosiy özgariş plyonka işlab çiqariş uçun möljallangan markalarda kuzatilmoqda.
«Aynan plyonkaga talab ortgani va qiş mavsumi ekani hisobiga aynan şu markalarda oşiş kuzatildi. Paxta tolasiga töxtalsak, uning turliça navlari, alohida tiplari mavjud.
Qaysidir savdoda talab yuqori, oliy navlardagi mahsulotlar sotilganda narx kotirovkasi balandroq böladi, ya'ni kotirovka berilayotganida navga ham qarab inobatga olinişi lozim.
Paxta şrot va şeluxasi narxining kötarilişi ham hozir qiş mavsumi bölgani va bu paytda çorva uçun asosiy yem şu ekani sababli narx oşişi kuzatilmoqda», – dedi boş makler.
2020 yil yanvar-noyabr oylarida Respublika tovar-xomaşyo birjasining elektron savdolari orqali 345 ming tonnadan ziyod paxta tolasi sotildi, bu ötgan yilning mos davri bilan soliştirganda 18 foizga kamdir.
Öşa paytda pasayiş körsatkiçi jahon bozorlarida ham kuzatildi. Xususan, yanvar-mart oylarida Nyu-York tovar birjasida paxta tolasi uçun fyuçers şartnomalarining narxi mahsulotning bir tonnasi uçun 1 ming 487 AQŞ dollaridan 1 ming 127 AQŞ dollarigaça pasaydi. Bu pastlaş 24 foizni taşkil etdi. Mazkur holat dunyodagi koronavirus pandemiyasi bilan boğliq böldi. Biroq keyingi oylarda Xitoy va bir qator boşqa mamlakatlar iqtisodida tiklaniş jarayoni boşlangani sababli paxta bozorlarida talab darajasi kötarila boşladi. Natijada, kotirovkalar aprel-noyabr oylarida 1 ming 265 AQŞ dollaridan 1 ming 597 AQŞ dollarigaça, ya'ni 26 foizga ösdi.
2021 yil 11 fevralda Özbekistonda ötkazilgan savdo yakunlarida paxta böyiça kotirovkalar 26 foizga oşdi. Polietilen 20 foizga, şrot 2,8 foizga oşgani qayd etildi.
Şunga qaramay, 15 fevral holatiga paxta savdosidagi narxlar 18,3 foizga pasaygani kuzatildi. Polietilen 0,2 foiz ösdi. Şrot 2,7 foiz, şeluxa 1,5 foizga pastladi.











