Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xöjayev FAOning Yevropa böyiça mintaqaviy konferensiyasi (YeMK) raisi sifatida FAO rahbarining örinbosari Vladimir Raxmanin va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy koordinatori, FAOning Özbekistondagi vakili Viorel Gutsu bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv natijasiga köra, FAO va Özbekiston örtasida 17 million AQŞ dollari miqdoridagi budjetli 2021-2025 yillarga möljallangan mamlakat hadli dasturi imzolandi, şuningdek, jami 645 ming dollarlik 4 ta grant loyihasi tasdiqlandi.
Imzolangan mamlakat hadli dasturi (MHD) oziq-ovqat tizimini isloh qiliş bilan boğliq milliy strategik ustuvorliklarga erişişda Özbekiston hukumatiga kömak körsatişga yönaltirilgan. MHDning birinçi strategik ustuvor yönalişi salomatlik, farovonlik va barqaror taraqqiyotga olib keluvçi inson kapitalini inklyuziv rivojlantirişga qaratilgan. Ikkinçi strategik ustuvor yönaliş esa barqaror rivojlanişga hamda iqlim özgarişini inobatga olgan holda rivojlanişga yönaltirilgan.
Özbekistonning qişloq xöjaligi sohasini rivojlantirişga qaratilgan 4 ta grant loyihalari 2021-2023 yillar mobaynida amalga oşiriladi.
"Barqaror oziq-ovqat tizimlarini geografik körsatkiçlar yordamida mustahkamlaş" loyihasi (2021 yil fevral - 2022 yil dekabr, budjet - 250 000 AQŞ dollari) geografik körsatkiçlar orqali mamlakat qişloq hududlarini rivojlantirişga imkon tuğdiradi (mahsulot nomlarini joy nomlari bilan boğlaş nazarda tutilmoqda, Parmezan pişloği, Bovar sosiskalari singari). Bu işlab çiqaruvçi guruhlarga marketing strategiyasini belgilaş hamda manfaatdor tomonlarning xabardorligi va imkoniyatlarini oşirişda yordam beradi.
"Özbekistonda COVID-19’ga qarşi kartoşka sohasini tiklaş va rivojlantiriş" loyihasi (2021 yil fevral - 2023 yil yanvar, budjet – 195 000 AQŞ dollari) kartoşka işlab çiqariş sohasini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş orqali milliy oziq-ovqat xavfsizligini yaxşilaşga qaratilgan.
"Şoli ekinlarini işlab çiqariş va işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş" loyihasining (2021 yil fevral - 2022 yil sentabr, budjet – 100 000 AQŞ dollari) asosiy maqsadi - oziq-ovqat xavfsizligini oşiriş va mamlakatda şoliçilik bilan şuğullanayotgan fermerlarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş.
"Inklyuziv qişloq xöjaligi siyosatini amalga oşirişni qöllab-quvvatlaş" loyihasidan (2021 yil fevral - 2022 yil avgust, budjet - 100000 AQŞ dollari) közlangan maqsad qişloq xöjaligi sohasida inklyuziv siyosat yuritiş natijasida qişloq joylarda yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, şuningdek, qişloq hududlarni rivojlantiriş hamda qişloq ayollarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirişdir.












