Qayd etilişiça, fuqarolik işlari böyiça Kattaqörğon tumanlararo sudi tomonidan 2017 yil 14 iyunda qarzdor O.A.dan da'vogar X.E.ning foydasiga ikki farzandining moddiy ta'minoti uçun har oyda daromadning uçdan bir yarmi miqdorida aliment undiriş belgilangan.

Şundan söng mazkur ijro hujjati MIB Paxtaçi bölimi iş yurituviga kelib tuşgan va ijro işi yurituvi qözğatilgan.

Ta'kidlanişiça, majburiy ijro harakatlari davomida MIB ijroçilari tomonidan qarzdor otaga kelib çiqişi mumkin bölgan huquqiy oqibatlar tuşuntirilganda, u öz nomida bölgan uyni farzandlariga beriş istagini bildirgan.

Natijada, alimentdan qarz bölgan ota özaro kelişuv asosida Paxtaçi tuman hududida joylaşgan uyini sobiq turmuş örtoğining nomiga rasmiylaştirib bergan va mazkur ijro hujjati tegişli tartibda tugatilgan.