Şu oy boşida Farğonaga taşrifdagi uçraşuvdan farqli ravişda, prezident bu gal jurnalistlarning savollariga ham javob berdi.
Şavkat Mirziyoyev Kun.uz muxbirining: «Barça tadbirlarda, viloyatlarga taşriflarda katta-katta islohotlar möljallanadi, yangi rejalar tuziladi. Fikringizça, mana şu islohotlar xalqimizni rozi qiladigan, sizning könglingiz töladigan darajada amalga oşişiga nimalar tösqinlik qilyapti?» degan savoliga javoban uçta dolzarb muammoni sanab ötdi.
«Birinçi navbatda, kadrlar masalasi. Bu juda çuqur tizim, muammolar juda köp. Eng quyidan boşlaşga töğri keladi. Oddiy maktabgaça ta'lim muassasalari bilan ta'minlaş darajamiz ham 15 foizga tuşib qolgandi. Toşkentda bu yil 100 foiz böladi. Namanganda 11 foiz bölgan bölsa, yil yakuni bilan 45 foiz böladi. Hozir boğçalarni yil sayin köpaytirib boryapmiz.
Xalq ta'limida ham juda köp özgarişlar bölyapti. Oliy ta'lim muassasalari soni 47tadan 130taga yetdi. Bularning hammasi yaxşi kadrlarni tayyorlab oliş uçun qilinyapti. Rivojlangan davlatlarning oliy ta'lim muassasalarini jalb qilyapmiz.
Vazirlarni tez özgartiryapman, sababi şu – aravani torta olmayapti. Demak, birinçi masala bu – kadrlar.

Bizning oyoğimizga kişan bölayotgan ikkinçi muammo – bu korrupsiya. Qanday qilib bu korrupsiyani jilovlaş kerak? Nima qilsak, xalqning mulkini, maşaqqatli soliqlar bilan yiğilgan mablağni asraymiz? Mana, köryapsizlar, har hafta kamida ikki marta katta korrupsion holatlar oşkor qilinyapti. Men özim bu muammo yeçimini juda xohlayman. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tuzdik, qarorlar çiqaryapmiz, qator tarmoqlarni «korrupsiyasiz tarmoq» deb e'lon qildik. Muntazam kuraş olib boryapmiz. Lekin baribir hali qiladigan işlarimiz köp. Afsuski, bu ham juda jiddiy masala va doimiy e'tiborni talab qiladi.
Uçinçi masala bu joylardagi rahbarlarning öşa islohotlar mohiyatini tuşunib yetmayotgani. Bu ham xalqimizni köp öylantiradi.
Aytişingiz mumkin, öşa rahbarlarni siz özingiz amalga qöyasiz-ku, deb. Men masalan bitta hokimni tavsiya qilgunça kamida ön kişidan bittasini tanlayman. Uzoq vaqt bilimga e'tibor bermaganimiz tufayli kadrlar masalasi şunday, buning yeçimi vaqt talab qiladi.









