Musson yomğirlari oqibatida Indoneziya poytaxti Jakarta suv toşqinlaridan jabr kördi.  

"Yomğir tindi, ammo Jakarta oqib kelayotgan suvni bartaraf etişiga töğri keladi. Baxtimizga, markazga zarar yetmaydi va odamlar suv pasayganidan keyin öz işlariga qaytişlari mumkin böladi", - dedi Jakarta gubernatori Anis Basvedan.

Qutqaruvçilar şaharning suv sathi 1,8 metrgaça kötarilgan janubiy va şarqiy hududlaridan 13 mingdan ortiq kişini evakuatsiya qilişdi. Şaharda yigirmaga yaqin evakuatsiya markazi taşkil qilindi.

Sinoptiklarning taxminlariga köra, yaqin kunlarda hududda uşbu mavsumdagi eng kuçli yomğir yoğişi kutilmoqda. Yomğirlar mavsumi fevral oxirigaça davom etadi.