Amerika harbiy-havo kuçlari prezident Jo Baydenning körsatmasi bilan 26 fevralga ötar keçasi Suriya hududida davomli aviazarbalar amalga oşirdi. Hujumlar nişoni «Kataib Hizbulloh», «Kataib Said al-Şuhada» va Eron ta'siridagi boşqa guruhlarning öq-dori omborlari bölgan. Hujum AQŞning aksilterror koalitsiyadagi hamkorlari bilan kelişilgan holda ötkazilgan, ammo parvozlarda ittifoqçilarning samolyotlari iştirok etmagan.
Zarbalar Suriyaning Iroq bilan çegara hududidagi obektlarga berilgan. Pentagondagilar jami bölib yetti obekt nişonga olingani, şu jumladan, jangarilar Iroq hududida qurol-yaroğ ötkaziş uçun foydalanadigan çegara nazorat punkti yöq qilingani haqida ma'lum qilgan. Syrian Observatory for Human Righs taşkiloti ma'lumotlariga köra, hujumlar oqibatida 17 jangari öldirilgan, şuningdek, öq-dori yuklangan uçta yuk maşinasi yöq qilingan.
Bu zarbalar yaqinda jangarilarning Iroqda AQŞ harbiy xizmatçilari foydalanadigan obektlarga qilingan qilingan hujumlariga javoban amalga oşirildi. 15 fevral kuni kurdlar nazoratidagi hududda - Arbildagi aeroportda Amerika bazasiga raketa orqali zarba berilgan, natijada bir kurd xizmatçi halok bölib, amerikalik harbiylar, jumladan, AQŞdan kelgan bir neça mutaxassis jabrlangandi. Bir neça kun ötib Bağdod şimoliga artilleriyadan zarba berilişi oqibatida bir amerikalik jarohat oldi. 22 fevral kuni esa Iroq poytaxtidagi Amerika elçixonasi hududi öqqa tutilgan — bu holatda jabrlanuvçilar bölmagan. «Kataib Hizbulloh» bu hujumlarga aloqadorligini rad etib çiqqan.
Ameriklik amaldorlardan biri Reuters bilan suhbatda Bayden jangarilarning harakatlariga javoban eng yumşoq variantni qöllaganini aytib ötgan. U bunday zarbalar AQŞ tomonidan har qanday duşmanona harakatlarga javob bölişi haqidagi signal vazifasini ötaşi, AQŞning maqsadi ziddiyatni keskinlaştiriş emasligini qayd etib ötgan. «Bunday reaksiya tiyib turuvçi omil bölib, Eron, uşbu davlat tomonidan qöllab-quvvatlanadigan proksi-guruhlar va butun dunyodagi duşmanlarimizga AQŞga qarşi har qanday hujum javobsiz qolmasligini eslatib turadi», degan Vakillar palatasidagi xorijiy işlar böyiça qömita a'zosi Maykl Makkol.
Hozirça sönggi voqealar AQŞning Eron bilan «yadroviy kelişuv» böyiça muzokaralarga tayyorgarligiga neçoğlik ta'sir körsatişi aniq emas. Jo Bayden bir neça marta prezidentlikka kirişgaç AQŞning Donald Tramp ma'muriyati davrida Eron bilan kelişuvdan çiqişi masalasi qayta körib çiqilişini aytgandi. Rasmiy Tehron yanvar oyi boşida yuqori darajada boyitilgan uran işlab çiqarişni tiklagan, şu bilan birga, AQŞ tomonidan muzokaralar tomon qadam taşlansa, bu borada yon berişga tayyorligini ma'lum qilgandi.












