Norma’ning yozişiça, arxivlarni taşkil etiş, qayta taşkil etiş va tugatiş tartibi töğrisidagi nizomda davlat arxivlari tasniflanişi prezident hujjatlariga muvofiqlaştirildi, şuningdek quyidagilarning taşkil etilişi tartibi mustahkamlandi:

  • Özbekiston milliy arxivlari prezident tomonidan taşkil etiladi;
  • Markaziy davlat arxivlari – Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi tomonidan taşkil etiladi;
  • viloyat, şahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallari tegişli ravişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarining qarori bilan taşkil etiladi;
  • şaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tegişli viloyatlar hokimliklari qarorlari bilan «Özarxiv» agentligi bilan kelişilgan holda taşkil etiladi;
  • viloyat, şahar, tuman şaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari DXŞ asosida taşkil etiladi;
  • tarmoq davlat arxivlari tegişli Milliy arxiv fondi (MAF) hujjatlarini doimiy saqlovçi vazirliklar, davlat qömitalari va idoralarning taklifiga asosan örnatilgan tartibda taşkil etiladi.

Milliy arxiv fondi töğrisidagi nizomda boşqa özgartirişlar qatori:

  • MAF hujjatlarini doimiy saqlovçi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va taşkilotlari röyxatining yangi tahriri qabul qilindi;
  • kiritilgan normaga muvofiq idoraviy saqlov muddati tugagan maxfiy hujjatlar maxfiylikdan çiqariş nuqtayi nazaridan körib çiqilgandan söng davlat arxivi saqloviga belgilangan tartibda topşirilişi belgilandi;
  • kiritilgan normaga muvofiq şaxsning sud tomonidan muomala layoqati çeklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi davlat arxivlari tomonidan idoralararo elektron tizimlar orqali aniqlanadi. Voyaga yetmagan şaxslar davlat arxivlari öquv zallariga ota-onalari yoki tartibga rioya etişga mas'ul boşqa qonuniy vakillari bilan kiritilişi belgilandi.

Arxiv hujjatlarini jamlaş, davlat hisobiga oliş, saqlaş va foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomga:

  • elektron nusxa – an'anaviy asosdagi (qoğoz, video, audio kasseta, kinolenta va boşqalar) hujjatlarni raqamlaştiriş orqali ularning yaratilgan elektron şakli, asl nusxada mavjud bölgan axborotni öqiş yoki köriş (eşitiş) imkonini beruvçi elektron köçirma nusxasi tuşunçasi kiritildi;
  • arxivda saqlanadigan barça elektron hujjatlar davlat hisobiga olinişi belgilandi. Elektron hujjatlarning saqlov birliklari arxiv şifriga yozuv formati va axborot manbaining turi, arxiv fondi raqami, röyxatga oliş raqami, röyxatdagi elektron hujjatning tartib raqami kiritiladi;
  • arxiv ma'lumotnomasi, köçirma, sörovga javoblar va ularning nusxalarini elektron poçta orqali yuboriş mumkinligi belgilandi;
  • arxivda ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sörovlarning ijro etilişi muddatlari özgartirildi. Sörov röyxatdan ötkazilgan vaqtdan boşlab:
  • a) iş haqi töğrisidagi ma'lumot – 20 iş kuni mobaynida;
  • b) iş staji töğrisidagi ma'lumot – 5 iş kuni mobaynida;
  • v) öquv muassasalarida öqiganlik, yuridik şaxsni qayta nomlaş, mukofotlanganlikni tasdiqlaş 5 iş kuni mobaynida ijro etiladi.

Mavzuli sörovlar toifasiga mulkiy huquqlar, turar joylar, alohida faktlar, voqealar, ma'lumotlarni, şuningdek nasl-nasablarni aniqlaş (tasdiqlaş) kiradi. Ular sörov ma'lumotlari töliq taqdim etilgan taqdirda, röyxatga olingan vaqtdan boşlab 30 kundan oşmagan muddatda ijro etiladi.
 
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat körsatiş tartibi töğrisidagi nizomda: 

  • iş stajini tasdiqlaş töğrisidagi, 10 yillik muddat uçun iş haqi töğrisidagi arxiv ma'lumotlarini beriş haqidagi çeklovlar çiqarib taşlandi;
  • davlat arxivlari tomonidan pulli asosda körsatiladigan xizmatlar narxi «Özarxiv» agentligi tomonidan tasdiqlanadigan davlat arxivlari tomonidan körsatiladigan pullik xizmatlarning yagona narxnomasiga binoan belgilanadi. Taşkilotlarning arxiv hujjatlarini tartibga keltiriş uçun arxivlar huzurida mehnat şartnomalari asosida jalb etilgan xodimlardan iborat xöjalik hisobidagi guruh faoliyat yuritadi. Arxivlarning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan qöşimça lavozim ştat birligini saqlaşga va mehnat şartnomalari asosida qöşimça xodimlar jalb etilişiga ruxsat etiladi;
  • taşkilot jamlaş manbai hisoblangan arxivning roziligisiz arxivlarning jamlaş zonasiga (hududiga) kirmagan taşkilotlarga xizmat körsatişga yöl qöymaslik belgilangan.