Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş departamentining Kasbi tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda tumandagi xususiy firmalardan birining rahbari bir guruh şaxslar bilan oldindan til biriktirib budjetdan ajratilgan pullarni özlaştirişni rejalaştirgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, «Yoşlar-kelajagimiz» davlat dasturi doirasida işlab çiqariş uskunasini xarid qiliş uçun ajratilgan 1,6 mlrd söm miqdoridagi imtiyozli kredit AQŞ dollariga konvertatsiya qilinib, xorij korxonasi hisobiga ötkazilgan. Hujjatlarga köra, 200 ming 850 dollarga qoğoz işlab çiqariş uskunasi xarid qilingan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida aslida mazkur uskuna uçun örnatiş xarajatlari bilan birga 66 ming dollar sarflangani ma'lum böldi. Natijada budjetning 944 mln söm mablaği talon-toroj qilingani aniqlandi.
Iqtisodiy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş departamentining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, uşbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 207-moddasi 1-qismi (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) bilan bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
- Avvalroq Xorazm viloyatining Boğot tumanida «Yoşlar – kelajagimiz» davlat dasturi asosida ajratilgan yer sotib yuborilgani haqida xabar berilgandi.
- Şuningdek, «Yoşlar – kelajagimiz» jamğarmasi markaziy apparatining sobiq boş hisobçisi jamğarmaning 1,2 mlrd söm miqdoridagi mablağini özlaştirgani foş etilgandi.
- Surxondaryo viloyatida Jarqörğon tumani quriliş bölimi boşliği «Yoşlar – kelajagimiz» davlat dasturi doirasida 4,5 sotix yer maydoni auksion savdolari ötkazmasdan jiyani nomiga ajratilişiga erişib, uni katta pulga sotmoqçi bölganda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qölga olingandi.











