Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida 4 yoşli qizaloq ögay onasining kaltaklaşi oqibatida vafot etganligi holati Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Qayd etilişiça, oiladagi boşqa voyaga yetmagan bolaning xavfsizligi, huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş maqsadida u yaqin qarindoşining vasiyligiga topşirilgan.

Hozirda vasiylikka berilgan bolaning hayotiy holatini barqarorlaştiriş, xavfsizligini taʼminlaş va huquqiy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida ijtimoiy himoya tizimi mutaxassislari tomonidan bolaning hayotiy holati va mavjud xavf omillari baholanmoqda.

Unga zarur psixologik yordam körsatilib, tibbiy körik taşkil etilmoqda va zaruratga köra davolaş çoralari köriladi.

Şuningdek, yaşaş manzili özgarganini inobatga olgan holda bolaning taʼlimini uzluksiz davom ettiriş böyiça çoralar körilmoqda.

Taʼkidlanişiça, yaqin qarindoşi qaramoğiga topşirilgan voyaga yetmagan bolaning xavfsizligi va farovonligi, şuningdek, unga körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va individual rejaning ijrosi Agentlik tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi.

Eslatib ötamiz, Kasbi tumanida yaşovçi 32 yoşli I.S. turmuş örtoği N.A. bilan özaro nizolaşib, uning 2022-yilda tuğilgan qizini urgan. Oqibatda qizaloq boş qismidan jiddiy jarohatlangan. Soğligi keskin yomonlaşgan bola şu kunning özida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 8-qismi “g” bandi (oilaviy zöravonlik jabrlanuvçining ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. I.S. gumonlanuvçi tariqasida protsessual tarzda uşlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.