Hukumat qarori bilan 2021 yil 1 martdan boşlab Özbekistonda elektron suğurta polisi – «E-polis» işga tuşadi. Kun.uz yangi suğurta polisi haqida ma'lumotlarni örganib, asosiy özgarişlarni taqdim etadi.
Dastlab yölga qöyilayotgan yangi tizim haqida
«E-polis» – majburiy suğurta polisining internetdan sotib olingan va elektron şaklda muomalaga çiqarilgan körinişidir. Yuridik jihatdan elektron va qoğoz şaklidagi polislar bir xil kuçga ega böladi.
Hujjatni rasmiylaştiriş Tölovlarning kafolatlaş jamğarmasi sayti orqali amalga oşiriladi. Internetda buyurtma beriş uçun söralgan ma'lumotlar tizimga kiritiladi. Tölov puli ötkazilgaç, elektron suğurta polisi avtomatik ravişda körsatilgan manzilga kelib tuşadi. Uni oddiy qoğozda çop etib oliş ham, smartfonda olib yuriş ham mumkin böladi.
«E-polis» olinsa-yu, smartfon qayerdadir unutib qoldirilsa nima böladi?
Elektron suğurta tizimi işga tuşsa-da, qoğozli polis ham amalda böladi. Bunda ikkala şakl teng kuçga ega.
Amaldagi tartibda agarda haydovçi yonida suğurta polisi bölmasa, uning maşinasi jarima maydoniga olib borilmaydi. Ammo jarima tölaşga töğri keladi.
Mutaxassislar elektron suğurta polisini olgan haydovçilarga har ehtimolga qarşi oddiy qoğozga ham nusxa olib yurişni tavsiya qilişmoqda. Çunki uni rasmiylaştiriş oson, lekin smartfon zaryadi, uning yöqoliş ehtimoli deganday...
Elektron suğurta polisining qanday qulayliklari bor?
Avvalo, u vaqtni tejaydi. Suğurta kompaniyalari yoki agentlarni qidirib yuriş ham yöq. Ortiqça ovoragarçilik va xarajatlarning oldini oladi.
Haydovçi uni öz smartfoni yoki istalgan kompyuter qurilmasidan internet orqali olişi mumkin. Bunda suğurta agentlari tomonidan yöl qöyilişi mumkin bölgan xatolarga ham yöl yöq. Çunki har bir mijoz elektron polisni bevosita suğurta kompaniyasining özidan avtomatik ravişda sotib oladi.
Qolaversa, bu tizim inson omilisiz işlagani tufayli korrupsiyaning oldini olişda ham qöl kelişi mumkin.
Ayni paytda Özbekistonda 17ta suğurta kompaniyasi elektron suğurta polislarini rasmiylaştiriş vakolatiga (litsenziyaga) ega.
Transport vositalari egalarini majburiy suğurta qiliş turi böyiça Tölovlarni kafolatlaş jamğarmasi mavjud bölib, bu jamğarma 2008 yildan beri faoliyat yuritadi. Taşkilot saytida (tkj.uz) barça suğurta kompaniyalarining röyxati bor.
Elektron polis narxi haqida
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi böyiça majburiy suğurta masalasida Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligi boşqarmasi boşliği Botir Usmonaliyevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mazkur suğurta miqdori Vazirlar Mahkamasining 222-sonli qarori asosida belgilangan. Bunda Toşkent şahri va viloyati uçun alohida, respublikaning boşqa hududlari uçun alohida narx amal qiladi.
«Yengil avtomobillar uçun suğurta rasmiylaştiriş narxi Toşkent şahri va viloyatida 56 ming söm, boşqa hududlarda 40 ming sömni taşkil etadi. Javobgarlik miqdori esa respublika böyiça teng – 40 million sömgaça .
Hozirda suğurta kompaniyasi har bir transport vositasi uçun 40 million sömgaça tölab beriş majburiyatini oladi. Uning 35 foizi mulk uçun yetkazilgan zararga tölanadi. Ya'ni javobgarligi suğurta qilingan haydovçi YTH natijasida kimgadir zarar yetkazgan bölsa, öşa zarar körgan haydovçining mulkiga 35 foiz tölab beriladi. Agar u haydovçi, yölovçi yoki passajir soğligiga ham zarar yetkazgan bölsa, 40 million sömning 65 foizigaça tölab beriladi», – dedi agentlik rasmiysi.
Avtomobillarga majburiy suğurta deganda nimani tuşuniş kerak?
«Majburiy suğurtani köpçilik töğri tuşunmaydi», – deydi Botir Usmonaliyev.
Mutaxassisga köra, ayrim haydovçilar maşinasi «avariya» bölgan paytda «suğurta kompaniyasi menga suğurta puli tölab bermadi», degan e'tirozlar bildirişadi.
«Majburiy suğurta, deganda transport vositasi suğurta qilinmaydi. Bunda uni boşqarayotgan egasining fuqarolik javobgarligi suğurtalanadi. Ya'ni boşqarayotgan paytda boşqa transport vositasi bilan «avariya» sodir qilib uçinçi şaxsning maşinasiga zarar yetkazsa, albatta bu odam javobgar böladi. Ana öşa javobgarligi suğurta kompaniyasi tomonidan suğurta qilinadi. Bu yerda özining mulki suğurta qilinmaydi, aksinça boşqa fuqarolar oldidagi javobgarligi suğurtalanadi.
YTHda bir vaqtning özida özining ham mulkiga zarar yetadi. Lekin uning mulki mazkur suğurta turiga kirmaydi», – dedi agentlik mutaxassisi.
Ta'kidlanişiça, zarar körgan fuqaro oldida xato qilgan haydovçining javobgarligi yuzaga keladi, ya'ni u odamning mulkiga zarar yetkazib qöydi. Şuning uçun u insonning mulkiga yetkazilgan zarar qonun böyiça tölanişi kerak. Suğurta qilingan bölsa, öşa suğurta orqali yetkazilgan zarar qisman qoplab beriladi.
Agar suğurta qilinmagan bölsa, Tölovlarni kafolatlaş jamğarmasiga murojaat qiliş mumkin. Jamğarma jabr körgan haydovçi mulkiga yetkazilgan zararni tölab beradi. Undan keyin pullar javobgardan tegişli tartibda undiriladi. Çunki aybdor odamning öşa paytda zararni qoplab berişga moddiy imkoniyati bölmasligi mumkin. Yordam tariqasida jamğarma tölab beradi. Agar suğurtasi bor odam zarar yetkazgan bölsa, qaysi suğurta kompaniyasidan röyxatdan ötgan bölsa, öşa taşkilot tölab beradi.
Suğurta tizimiga davlat aralaşuvi qançalik töğri?
Aynan majburiy suğurta tizimiga davlat aralaşişi natijasida haydovçilar uçun ijobiy özgariş bölgani ta'kidlanadi. Xususan, avvallari 100 ming sömdan ortiq bölgan polis, hukumat qarori bilan 56 ming söm va 40 ming sömga tuşirildi. Agar ixtiyoriy bölsa, narx bir neça marta oşib ketişi mumkin. Qarordan oldin javobgarlik summasi 12 million söm edi. Bu qarordan keyin javobgarlik 40 million sömgaça oşirildi.
«Javobgarlik summasining oşirilgani suğurta kompaniyalari daromadini kamaytirdi va riksni 4 martaga oşirdi. Ammo xalq uçun juda yaxşi özgariş qilingan», – dedi suhbatdoş.
Botir Usmonaliyevning ma'lum qilişiça, ixtiyoriy suğurta turlari böyiça davlat aralaşuvi yöq. Har bir suğurta kompaniyasi oldindan suğurta risklarini hisob-kitob qiladi, tarif belgilaydi va şu asosda suğurta qilib beradi.
2020 yildagi majburiy suğurta böyiça pul aylanmasi
2020 yil davomida Transport vositalari egalarining majburiy suğurtasi böyiça 3 million 326 ming 727 ta şartnoma tuzilgan. Kompaniyalarga kelib tuşgan mablağlar 173 milliard 324 million 800 ming söm bölgan.
Şundan haydovçilar uçragan avtohalokatlar suğurtasi uçun tölab berilgan jami summa 67 milliard 900 million sömni taşkil etgan.
Islombek Umaraliyev tayyorladi











