2020 yil 14 dekabrda Vazirlar Mahkamasining «Elektron turdagi suğurta xizmatlari körsatiş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilingan.
Hujjatga muvofiq, «E-polis» (elektron suğurta xizmati) – bu suğurta polisining internetdan sotib olingan va elektron şaklda muomalaga çiqarilgan körinişi. «E-polis»ni sotib oliş uçun internetga ulangan kompyuter, noutbuk, smartfon yoki boşqa qurilmaga ega bölişning özi kifoya hisoblanadi. Yuridik jihatdan elektron va qoğoz şaklidagi polis bir xil kuçga ega.
«E-polis»ning afzalliklari haqida
1. Vaqt va mablağ iqtisod qilinadi. Mazkur suğurta polisini sotib oliş uçun faqatgina internetga ulanişning özi kifoya, suğurta kompaniyasiga boriş talab etilmaydi, şuningdek, onlayn tölov qiliş imkoniyati mavjud. Bundan taşqari, polisning xarajatlari amaldagi suğurta turlariga nisbatan birmunça arzon bölişi kutilmoqda.
2. Elektron hujjatni, ya'ni polisni yöqotib qöyiş xavotirli emas. Polis rasmiylaştirilgandan söng, «E-polis»ni suğurta qildiruvçi istagan paytda özining mobil qurilmasiga qaytadan yuklab olişi yoki tekşirişi mumkin. Buning uçun SMS-xabarnoma yuborilgan raqam yoki elektron poçta manzilini körsatişning özi yetarli.
Ma'lumot uçun: Qoğoz şaklidagi polis yöqotib qöyilsa, suğurta kompaniyasi ofisiga boriş va belgilangan 10 foiz jarima tölaş söraladi. Yangi turdagi polisda bu şart mavjud emas.
3. «E-polis»ni rasmiylaştirişda firibgarlik qurboni böliş ehtimoli minimal darajada böladi (qoğoz şaklidagi polis sotib olişda suğurta agenti tomonidan aldaniş ehtimoli mavjud).
4. Faqatgina bir neçta yoki deyarli bitta suğurta kompaniyasining ofisi mavjud bölgan olis hududlardagi fuqarolar uçun eng afzal suğurta kompaniyasini tanlaş va aynan özi xohlagan kompaniya bilan suğurta agentlari iştirokisiz töğridan töğri şartnoma tuziş imkoniyati yaratiladi.
5. Suğurta mukofoti tizimdagi suğurta hisoblagiçi yordamida taqdim etilgan ma'lumotnoma asosida avtomatik hisoblanadi.

















