Tojikiston hukumatida ma'lum qilinişiça, majmua Özbekiston tomonidan taqdim qilingan mablağ hisobiga qurilgan. Majmua qurilişining boş homiysi “Özbekneftgaz” AJ hisoblanadi.

Tibbiy majmua qulay mebel jihozlari va yuqori texnologik qurilmalar bilan jihozlangan. Tez orada majmua ilk bemorlarni qabul qilişni boşlaydi.

Majmuaning öziga xos jihati unda koronavirusga çalinganlar uçun korpus mavjudligi hisoblanadi. Bu yerda koronavirusga çalinganlar körikdan ötkazilib, söngra boşqa tibbiy muassasalarga davolanişga jönatiladi.

Uşbu majmuaning Tojikistonda muqobili yöq bölib, uning qurilişi Tojikiston iltimosi bilan amalga oşirilgan. Koronavirusga çalinganlar uçun korpus qurişga ehtiyoj mamlakatda nobarqaror epidemiologik vaziyat sababli yuzaga kelgan.

Şifoxonada örnatilgan zamonaviy qurilmalar qisqa vaqt içida koronavirus borligini aniqlaşga, söngra bemorlarni boşqa tibbiyot muassasalariga davolaniş uçun yuborişga imkon beradi.

Kubodiyon tumanida tibbiy majmua quriş qarori Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil Duşanbega safari davomida qabul qilingan.

Bundan taşqari, Özbekiston homiyligida Söğd viloyatining Spitamen tumanida 630 öquvçiga möljallangan maktab qad rostladi. Maktab 2020 yil sentyabrda foydalanişga topşirilgan.

Öz navbatida, Tojikiston Samarqandda maktab quriş majburiyatini öz zimmasiga olgan.