Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonovning ma'lum qilişiça, uşbu yöl ta'mirlanişi joriy yil 10 martdan boşlanadi.

U joriy yil 1 mart kuni poytaxt hokimligi majlislar zalida Toşkent şahrida 2020 yilda amalga oşirilgan işlar hamda 2021 yilda markaziy va içki köçalarni quriş, qayta ta'mirlaş böyiça rejalarga bağişlangan yiğilişda ma'lum qildi.

“Nega haligaça quriliş işlari boşlanmagani haqidagi savolga javob: quriliş-şaharsozlik normalari böyiça bahor va yoz faslida havo harorati +5 darajadan past bölişi kerak emas. Kuz faslida +10 daraja bölişi kerak. Hozirgi vaqtda özingiz körib turibsiz, havo harorati tezda özgaryapti. Agar mana şu sovuq kunlarda işlarni boşlaganimizda, asfalt qoplamasi bir yilga ham yetmasdan, hammasi buzilib ketardi. Hamma uskunalar şay holatda turibdi. Hozir faqat havoni kutyapmiz. Agar havo harorati şaharsozlik normalariga ma'qul bölsa, işlarni boşlab yuboramiz. 10-12 martdan keyin keng qamrovli işlarni boşlaymiz”, deydi Baxtiyor Rahmonov.