2021 yilning 23 yanvar kuni soat 10:00larda Toşkent şahri, Bektemir tumani Qöyliq-1 dahasida 27 yoşli Azizbek J. va Olimjon X. tanişi, 28 yoşli Talantjon T.ning nikoh töyi bölayotgani munosabati bilan töyda öynayotgan mehmonlarning ustidan pul soçiş maqsadida, öz sinfdoşlari, 27 yoşli Aziz T.ga bir dona “AYe 2489763” raqamli 100 000 sömlik kupyurani 10 000 000 söm pul mablağlari yasab berişi uçun berişgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, Aziz T. uşbu pullarni kompyuter yordamida qalbakilaştirib yasab berganidan söng Talantjon T. bundan xabar topib, ulardan qalbaki 2 300 000 söm pullarni olib, Qöyliq bozorida sarflab yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan uşlangan. 

Talantjon T. xolislar iştirokida şaxsiy tintuv qilinganida yonidan 14 dona “AYe 2480763” raqamli 100 000 sömlik kupyuralar topilib, aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Sud texnika-kriminalistika ekspertizasining xulosasida 14 dona 100 000 sömlik “AYe 2489763” raqamli pul kupyuralari poligrafik usulda tayyorlangani körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Azizbek J., Olimjon X., Talantjon T., Aziz T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ayblanuvçilar himoyaçilari iştirokida iş hujjatlari bilan taniştirilgan. Hozirda jinoyat işi ayblov xulosasini tasdiqlaş uçun Bektemir tumani prokuraturasiga yuborilgan.