Prezidentning “2021 yilda yangi iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligiga kömaklaşiş böyiça davlat buyurtmasi töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Aholi bandligi va daromadlarini oşirişga har tomonlama kömaklaşiş, işsizlar, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvçilar bandligiga kömaklaşiş böyiça yangi mexanizmlarni joriy etiş, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilişda qulay şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, yangi iş örinlarini taşkil etgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini rağbatlantiriş qaror loyihasining maqsadi hisoblanadi.
2021 yilda 457 127ta doimiy yangi iş örinlarini taşkil etiş böyiça prognoz körsatkiçlari, 2021 yilda mehnat organlari tomonidan 489 064 nafar aholi bandligini ta'minlaş va iş beruvçilarni rağbatlantiriş böyiça körsatiladigan xizmatlarning prognoz körsatkiçlari, dehqonçilik bilan şuğullaniş uçun qişloq xöjaligi yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargaça yer ajratiş orqali aholini daromadlarini oşiriş va bandligini ta'minlaş prognoz körsatkiçlari tasdiqlanişi belgilanmoqda.
2021 yil 1 iyulga qadar aholi bandligini ta'minlaş va yangi iş örinlarini taşkil etiş böyiça hisobotlarni yuritiş, ularni real vaqt rejimida Davlat soliq qömitasining yagona integratsiyalaşgan axborot resurs bazasi bilan monitoring qilişga möljallangan elektron dastur işlab çiqiladi.
Qaror loyihasi doirasida jami 322,9 mlrd söm mablağ ajratilişi rejalaştirilgan. Şundan, Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan 257,7 mlrd söm va Jahon bankining grant mablağlari hisobidan 65,2 mlrd söm ajratiladi.












