
3 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev uy-joy qurilişi va ipoteka bozorini rivojlantiriş böyiça selektor ötkazdi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov ham sözga çiqdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Bunyodkor mahallasiga borganingizda şu mahalladagi holat uçun juda xijolat böldim. Köpçilik öylayapti, faqat «Bunyodkor» mahallasi obod böladimi, deb. Yöq, hamma mahallalar bilan navbati bilan şuğullanamiz.
Farmon bilan tanişib çiqdik. Uy-joy masalasi yeçimida qabul qilinayotgan bu farmon juda muhim. Çunki 30 yil deyarli quriliş bilan şuğullanmadik», – dedi Şavkat Abdurazzoqov.
Davlat rahbari Namangan hokimining mahallaga borib yaşayotganidan xursandligini aytdi.
«Men öşa mahallaga borib yaşayotganingizni eşitib xursand böldim. Bunyodkor mahallasi örnak bölsin. Umuman, har bir hokim eşitib olsin, men hamma joyga yetib boraman. Mahallabay işlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi, undaylar biz bilan işlay olmaydi.
Oldin yordam berişda qinğirliklar bölardi, hozir turli daftarlarni tuzganimizdan keyin hammasi şaffof böldi. Endi şular ustida işlaşimiz kerak», – ta'kidladi prezident.

Eslatib ötamiz, 19 fevral kuni Şavkat Mirziyoyev Namangan şahriga taşrifi vaqtida, rejadan taşqari ravişda şahardagi Bunyodkor mahallasiga borgandi.
Prezident mahalladagi kamçiliklarga guvoh bölgaç, Namangan şahri hokimi va prokurori almaştirildi. Viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov konteyner-uy qurdirib, şu yerda yaşaşga va'da berdi.
Köp ötmay, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Olot tumanidagi Davlatboy mahallasiga konteyner örnatdi; özi va ştabi şu yerda turib fuqarolarni qabul qilişi aytildi.











