Foto: Namangan viloyati hokimi yashaydigan konteyner
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov vaqtincha yashashi uchun Namangan shahrining «Bunyodkor» mahallasida konteyner-uy tayyor bo‘lmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Namangan shahridagi «Bunyodkor» mahallasiga kutilmagan tashrifni amalga oshirgan va mahalladagi ahvol yuzasidan mutasaddilarni keskin tanqid qilgan edi.
«Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yashaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz», degandi davlat rahbari.
Ko‘p o‘tmay viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ushbu mahalla aholisi bilan uchrashib, «Bunyodkor» mahallasiga ko‘chib o‘tishini ma'lum qilgandi.
«Har kuni shu yerda, sizlarga qo‘shni bo‘laman. Uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner o‘rnatiladi va unga «viloyat hokimining uyi» deb yozib qo‘yiladi», degandi u aholi vakillari bilan uchrashuvda.
Hokim ushbu mahalla hududida yerlar tekislanishi, elektr tarmoqlari tortilishi, obodonlashtirish ishlari o‘tkazilishi, uzoq yillar davomida foydalanishda bo‘lgan chiqindixona yopilishi, mahalla idorasi esa qaytadan qurilishini, shuningdek, mahallaga toza ichimlik suvi keltirilishini ma'lum qilgandi.
«Bu yerda 3 gektar joyda kichik sanoat zonasi tashkil etamiz va kamida 10 ta korxona ochamiz. Buning ortidan 12 ming kishi yashaydigan mahallada 1000 nafar odam ishli bo‘ladi», degan viloyat hokimi.
«Xalq so‘zi» hokim vaqtincha yashash uchun ko‘chib o‘tadigan «viloyat hokimining uyi» suratlarini e'lon qildi.
«Rasmlardan ko‘rinib turibdiki, barcha qulayliklarga ega konteyner o‘rnatilib, uning atrofi devor bilan o‘ralgan, darvoza qilinib uy hovlisiga fuqarolarni qabul qilish, suhbatlashish, murojaatlarini tinglash uchun maxsus ayvon ham qurilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
10:06 / 24.11.2024
Halollik mukofoti: yo‘ldan topilgan 5 ming dollarni egasiga qaytargan haydovchi haqida hikoya
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024