2020 yilda özini özi band qilgan kasb egalari röyxati e'lon qilingandi. Dastlab, 30ga yaqin kasb röyxatga kiritilgandi, keyinroq uşbu röyxatdagi kasblar soni 67taga yetkazildi.
Amalda jismoniy va yuridik şaxslarga xizmatlar körsatiş, işlarni bajariş böyiça mehnat faoliyatini mustaqil amalga oşiradigan, YaTT sifatida röyxatga olinmagan va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy şaxslar özini özi band qilgan fuqarolar hisoblanadi. Uşbu toifadagi kasb egalari sirasiga sartaroş, uyda repetitorlik qiliş, enaga, uy xizmatçisi va boşqalar kiradi.
Soliq kodeksiga muvofiq, özini özi band qilgan şaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy şaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Özini özi band qilgan şaxslar tomonidan belgilangan miqdorda tölangan ijtimoiy soliq summalari asosida ularning mehnat staji hisobga olinadi. Masalan, özini özi band qilgan şaxs, aytaylik, öqituvçi yo sartaroş öz uyida işini taşkil qilgan, bir yil uçun bazaviy hisoblaş miqdorida (amalda 245 ming söm) tölovni bajarib, röyxatdan ötişi mumkin. Tölov esa pensiya va staj hisoblaş uçun asos böla oladi.
Bu röyxatga yönalişsiz yölovçi taşiş xizmatini körsatuvçi, soddaroq aytganda – öz maşinasida kira bilan şuğullanuvçilar ham kiritilişi aytilgandi. Kirakaş odam şunçaki telefon yordamida röyxatdan ötib, 245 ming söm tölab, litsenziyasiz işlaşi mumkin böladi (aniqroği, şunday bölişi kerak edi).
Ammo 2020 yil 9 iyunda e'lon qilingan prezident qarorida taksi haydovçilari röyxatdan tuşib qoldi. Keyinroq, prezident farmonida ham nazarda tutilmadi. Bunga nima tösqinlik qilmoqda?
Transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyevning aytişiça, taksi haydovçilari özini özi band qilgan kasblar röyxatiga kiritilişi aniq, ammo yeçimi topilmay turgan ayrim masalalar bor.
«Fuqarolarni olib yurgandan keyin, mas'uliyat seziş kerak. Biz transport vositasining qançalik texnik talabga javob berişi, qançalik xizmat körsatiş uçun şaroit bor va hokazo masalada mas'uliyat bölişi kerak. Agar har bir haydovçiga taksi qiliş huquqini erkin bersak, ularning mijozlari bölişi mumkin bölgan fuqarolarga xavf paydo qilişimiz mumkin. Ya'ni nazoratni yöqotamiz, kim uni boşqargan, qanaqa avtomobil, tajribasi yo soğligi haqida ma'lumotga ega bölmaymiz», deydi Çoriyev.
Davlat Soliq qömitasi raisi örinbosari Fazliddin Umarov ham taksistlar röyxatdan tuşib qolayotganini şu vaj bilan izohlagandi.
«Barça hududlarda taksiçilik bilan şuğullanuvçi fuqarolar soni köp, agar ularga qonuniy şaroit yaratib bersak, albatta, ularning ijtimoiy masalasi ham yeçilardi. Bu joyda masalaning boşqa tomoni ham bor. Bugungi kunda yuridik şaxs sifatida aholi taşiş xizmatini körsatuvçi haydovçilarga qöyilgan talabni bajariş masalasi kelib çiqmoqda. Özini özi band qiluvçi haydovçi aholining xavfsizligini ta'minlay oladimi? Masala haligaça kun tartibidan olinmagan», deydi u.
Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov ham Kun.uz bilan suhbatda uşbu masala yuzasidan vazirlik pozitsiyasi haqida gapirib bergandi. Unga köra, haydovçilar yölovçi taşiş xizmatini körsatuvçi onlayn servis – agregatorga (masalan, Yandeks yoki MyTaxi ilovalari) ulanişi şart.
«Masalaning yeçimini öylaganda, yölovçilar xavfsizligini ta'minlaş ustuvor masala bölyapti. Haydovçining soğligi va maşinaning texnik körigi mutasaddilar tomonidan nazorat qilinişi lozim. Transport vazirligining taklifi bilan, taksi agregat kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qiliş haqida öylanmoqda. Şunda, haydovçilar maxsus örnatilgan moslamalar orqali soğligini avtomatik tekşiruvdan ötkazişi ham nazarda tutilgan», degandi u.
Moliya vaziri örinbosari köçalarda alkotester va köz orqali inson soğligini aniqlaydigan maxsus moslamalar örnatilişi va haydovçilar şunday nuqtalarga kelib, vaqti-vaqti bilan moslama bilan muloqotda bölişini aytib ötgandi.
Umumiy qilib aytganda, rasmiy idora vakillari taksi faoliyati özini özi band qilgan kasblar röyxatiga qöşilişida yakdil fikr bildirmoqda: bu amalga oşadi. Mehnat vaziri Nozim Husanov ham uşbu masala 2021 yilda ijobiy hal etilişiga umid boğlagan.
Baribir, quruq gap bilan qorin töymaydi: qaçon va qay tartibda taksi haydovçilari özini özi band qilgan kasb egalari sifatida tan olinadi? Aniq javob haligaça yöq.
Alişer Rözioxunov











