Kun.uz saytida poplik öqituvçi qiz Munisa Meliboyeva haqida maqola e'lon qilingandi. Unda qahramonning 2017 yildan beri har kuni 75 km yöl bosib işga borişi, Popdan Namangan şahridagi maktabga qatnab dars berişi haqida hikoya qilinadi.
Munisa Meliboyeva har iş kuni soat 7:15da poyezdda yölga çiqadi va poyezddan tuşganidan keyin ham maktabgaça yana 9 km yöl bosadi. Öz kasbining fidoyisi bölgan uşbu öqituvçi qiz har kuni temir yöldan foydalanişini inobatga olib, Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda «Özbekiston temir yöllari» AJ tomonidan unga imtiyozli sertifikat taqdim etildi.
Jamiyat Axborot-tahliliy media markazining xabar berişiça, Munisa Meliboyeva uşbu sertifikat bilan 6381/6382-sonli «Qöqon–Namangan» yönalişidagi şaharlararo qatnovçi elektropoyezdlarda «Pop–Namangan» va «Namangan–Pop» yönalişida 2021 yilning 31 dekabriga qadar bepul yuriş imkoniyatiga ega böldi.
Yoş öqituvçi bu uning uçun 8 mart bayramiga öziga xos sovğa bölganini aytib minnatdorçilik bildirgan.











